Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


Topshiriq: Musiqali teatrni tashkil qilish



Yüklə 197 Kb.
səhifə38/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Musiqa metodikasi majmua

Topshiriq: Musiqali teatrni tashkil qilish.

Topshiriq: Bolalr uchun tug’ilgan kun tashkil qilish.

Mavzu: MTM dа bаyrаm ertаliklаri.

Reja:

1.Bayram ssenariysi.

2. Kichik va o`rta guruhlarda bayram ertaliklari.

3. Katta va tayyorlov guruhlarda bayram ertaliklari.

4. Bayram ertaligiga jihozlar.

Bayram ertaliklari bog`cha hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylangan bo`lib, u bolalarni badiiy tarbiyalash shakllaridan biridir. Bayram ertaliklari tantanavorlik, xursandlik va shodlik holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram ertaliklaridan maqsad bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib yorqin taassrotlar qoldirish va shodlik baxsh etishdan iboratdir. Bayram ertaliklariga bolalarni oldindan tayyorlaymiz, musiqa rahbari musiqa mashg’ulotida bolalarga ashula, raqs, davra qo’shiqlarini o’rgatadi. Tarbiyachi bolalar bilan suhbat o’tkazadi, she’r o’rgatadi. Yakka ijrolar alohida o`rgatiladi. Bayram ssenariysi bayramdan 1 oy oldin tuziladi va pedagogik kengashda muhokama qilinadi, boshlovchi saylanadi.

Ssenariy: 1) musiqa asari bolalar yoshiga mos bo`lishi kerak;

2) cho`zilgan ham, qisqa ham bo`lmasligi kerak.

Bayram ertaliklari 3 qismdan iborat:

1. qism: “Bolalar paradi” yoki kirish qismi, bu yerga tabrik, qutlov, bayramona aytishuvlar va mashqlar kiradi.

2. qism: “Badiiy” qism qo`shiqlar yoki ashulalar, raqslar, she’rlar, o`yinlar kiradi.

3. qism: “Yakunlovchi” qism yoki “Kutilmagan daqiqalar”. Sovg`alar kattalar yoki bolalarga beriladi. Bayram ertaligida boshqaruvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Boshqaruvchi topqir, artistik qobiliyatga ega bo`lishi kerak. Boshqaruvchi ssenariyni yaxshi bilishi, 1-qismdan 2-qismga o`tishni bilishi kerak. Boshqaruvchi tomoshabin va bolalarga yon tarafi bilan turadi. Boshqaruvchiga ikkinchi tarbiyachi yordamlashadi. Bolalar did bilan kiyingan, atributlar oldindan tayyorlab qo`yilgan bo`lishi kerak. Bunga tarbiyachi javobgar. Bayram ertaligi kichik guruhda 40-45 daqiqa, katta-tayyorlov guruhda 45-60 daqiqa bo`ladi.

Kichik va o`rta guruhlarda:

1. 3-4 ta qo`shiq;

2. Bitta umumlashtirilgan raqs, bittadan har bir guruh uchun;

3. O`yin har bir guruh uchun;

4. 5-6 ta she’r.

Katta-tayyorlov guruhlar:

1. 5-6 ta qo`shiq;

2. Bitta umumlashtirilgan raqs, bittadan har bir guruh uchun;

3. Yakka raqs 2-3 ta;

4. O`yin har bir guruh uchun;

5. 7-8 ta she`r;

6. Sahna ko`rinishlari.

Liboslar bayram mazmuniga mos bo`lishi kerak, ular toza, dazmollangan, bolalar bo`yiga mos bo`lishi kerak. Oldindan bolani kiyintirib qo`yish mumkun. Yoki yarmisini tarbiyachi bayramdan oldin kiyintirib qo`yadi. Qaysi bola qanday libosda bo`lishini bilishi va o`ziga yozib qo`yishi kerak. Liboslar bolalarda bayramga bo`lgan qiziqishni orttiradi, estetik didni tarbiyalaydi.

Zal bezagi bayram mazmuniga mos kelishi kerak. Zalni estetik did bilan bezash zarur. Musiqa rahbari bilan tarbiyachilar bezaydilar.

Bayramda musiqa hadeb yangrashi mumkun emas, chunki bolaning asab sistemasiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun musiqani she’r, o`yin, musobaqa bilan almashtirib turish kerak.

Bayram o`tkaziladigan kun bog`chada boshqa mashg`ulotlar o`tkazilmaydi, hamma yasangan holda keladi. Katta guruh bolalari MTM mudirasini, oshpazni, shifokorni, uslibiyotchini bayramga taklif qiladilar. Ertalik belgilangan vaqtda boshlanishi shart, chunki bayramga bo`lgan qiziqish yo`qoladi, bolalar charchaydilar. Odatta bolalar xotirasida bayram ertaliklari ko`p vaqt saqlanib qoladi, shuning uchun bayram ertaligidan so`ng 1, 2 ta mashg`ulot bolalarning xohishiga ko`ra qo`shiq, raqslar takrorlanadi.




Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin