Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


Musiqa tarbiyasining aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liqdir



Yüklə 197 Kb.
səhifə2/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Musiqa metodikasi majmua

Musiqa tarbiyasining aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liqdir.

Musiqa mashg’ulotlarida bolalarda aqliy tarbiya rivojlanadi. Mashg’ulotda qo’shiq kuylash jarayonida bolalarning nutqi o’sadi, so’zlarini yodlash orqali xotirasi, tinglash orqali diqqati, asarlarni tahlil qilish natijasida idrok qilish, fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

Musiqa tarbiyasi ahloqiy tarbiya bilan ham chambarchas bog’liq. Musiqa mashg’ulotida bola to’g’ri o’tirib asarni tinglash, kuylash orqali o’rtoqlari orasida o’zini tutishni, musiqa ostida harakat bajarayotganida o’rtoqlarini turtmasdan oraliqda, ketma-ketlik harakatlanishni o’rganadi.

Musiqa tarbiyasi jismoniy tarbiya bilan bog’liq. Musiqa ostida harakat vaqtida bolalarning qo’l-oyoq muskullari rivojlanadi. Gavdani tik tutish malakalari rivojlanib, qomatni to’g’ri o`sishiga yordam beradi. Qo`shiq kuylashda nafasni olish va chiqarish natijasida ko`krak qafas diafragmasi kengayib boradi. Musiqa tinglash davrida bolalarni kayfiyati ko`tariladi. Yurak ishi yaxshilanadi, asab sistemasini tinchlantiradi. Raqs va musiqiy o`yinlar chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini shakllantirib boradi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan musiqiy ta’lim, tarbiyaviy ishlar yosh avlodda oliyjanob fazilatlarni bog`cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi.

Musiqa boshqa fanlar bilan chambarchas bog`liq: adabiyot, matematika, tarix, musiqa bilimlarini o`rgatuvchi fanlar. Ayniqsa musiqiy tarbiya ishlari tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog`langan holda amalga oshiriladi, chunki bolalar ko`proq ko`rib yaxshi idrok etishadi. Turli metodlardan foydalanib o’tkaziladigan har bir musiqa mashg’uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg`otadi, ularning his-tuyg`ularini shakllantiradi. ijodiy fikrlash qobilyatlarini o`stirib boradi.




Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin