Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Musiqa rahbarining bog`cha hayotidagi o`rni qanday?
2.Musiqa rahbariga qo`yiladigan talablarni ayting.
3.Musiqa rahbarining vazifasi qanday?
Topshiriq: Musiqa rahbarida yana qanday sifatlar bo’lishi kerak, nimalarga e’tibor berishi kerakligini yozib keling.
Mavzu: Mаktаbgаchа yoshdаgi bоlаlаrdа musiqаviylikning tuzilishi.
Reja.
1. Musiqaviylikni tuzilishi.
2. Musiqaviylik xususiyatlari.
3. Umumiy va maxsus musiqaviylik xollari.
4. Musiqaviylik tuzilishi.
Musiqaviylik faqat insonga xos xususiyat bo’lib, jamiyat amaliyoti rivojlanish jarayonida vujudga kelgan. Inson- qushlar ovozi, hayvonlar ovoziga, tabiat tovushlariga quloq solib, tovush balandligini cho’zimini va ifodalilikni farqlashga o’rgangan. Ifodalilikni aks ettiruvchi vositalar yordamida musiqaviy obrazlar paydo bo’lgan.
Bolada musiqaviylik asosan 3 ta xususiyat asosida rivojlanib boradi:
Dostları ilə paylaş: |