Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 197 Kb.
səhifə6/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Musiqa metodikasi majmua

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Bolalarda musiqaviylik qanday xususiyatlar asosida rivojlanib boradi?

2. Umumiy va maxsus musiqaviylik belgilarini ayting?

3. Bolalardagi 3 ta musiqaviy qobiliyat qanday rivojlanadi?

Topshiriq:

1. Musiqa kayfiyatini his etish uchun tanlangan asarlarni ijro eting.

2. Asarlarni ijro etib musiqani taqqoslang.

3. Biror-bir asarga ijodiy yondashib ijro eting

Mavzu: Bоlаlаr musiqа fаоliyatining mаzmuni.

Reja:

1. Musiqa mashg`ulotining faoliyat turlari.

2. Bolalarni musiqaviy faoliyatini tashkil qilish formalari.

Bolalar bog`chasida musiqa mashg`ulotlarini o`tkazishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad, kichkintoylar qalbida nafosatga mehr uyg`otish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalab, voyaga yetkazishdir. Mashg`ulotlar jarayonida bolalarga milliy musiqa ohanglari yordamida zaruriy bilim va ko`nikmalar tarkib toptiriladi. Bu mashg`ulotlardagi har bir faoliyat turi bolalarning musiqiy didini rivojlantiradi. Musiqiy mashg`ulotlar oldiga qo`yilgan har qanday maqsad va vazifalarni amalga oshirish, ,avvalo, musiqa rahbarining pedagogik tayyorgarligiga bog`liq.

Musiqiy mashg`ulotlarni olib borishda musiqa rahbari kichkintoylarning yoshi va qiziqishlarini e’tiborga olishi lozim. Mashg`ulotning tuzilishi o`quv materiallarining mazmunidan kelib chiqishi kerak. Bunda asarlarning ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyati, badiiy saviyasi, bolalar yoshiga mosligining hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Musiqa mashg`ulotlarining tuzilishi quyidagi faoliyat turlaridan iborat:

1. Musiqa tinglash.

2. Musiqa savodi.

3. Qo`shiq kuylash.

4. Musiqaviy ritmik harakatlarni bajarish.

5. Musiqaviy didaktik o`yin.

6. Bolalar musiqa cholg`u asboblarida jo`r bo`lish.

7. Bolalar musiqa ijodini rivojlantirish.

1. Musiqa tinglash-har bir bolaning musiqa tinglash madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda bolalar vokal va cholg`u kuylarini tinglashadi. Musiqa tinglashda bolalar musiqa asari janrlari bilan tanishadilar, musiqani ifoda vositalarini aniqlashadi, musiqa xarakteri bilan tanishadilar.

2. Musiqa savodi-bu faoliyat turida bolalar musiqaviy asarlarning tuzilishi, tempi, xarakteri, yuqori va pastki, uzun va qisqa tovushlarni farqlashga o`rganadilar. Bu ularning aqliy salohiyati, musiqiy uquvi, xotirasi, nutqi, bilimini oshiradi.

3. Qo`shiq kuylash-qo`shiq kuylashga o`rgatish jarayonida bolaning asosiy musiqiy qobiliyati faol rivojlantiriladi. Jamoa bo`lib qo`shiq kuylash bolalarni do`stlikka chorlaydi, ularning o`zaro hurmat, tabiatga va ona Vatanga muhabbat kabi tuyg`ularini tarbiyalaydi.

4. Musiqaviy ritmik harakatlar-o`z harakatlarini musiqa orqali ifodalab berishni talab qiladi. Musiqiy obrazlarga muvofiq turli xarakterdagi harakat va raqslarni, turli obrazlarni tasvirlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ritmik harakatlar musiqiy qobiliyatni shakllantirish va rivojlantirishda juda muhimdir. Musiqiy ritmik harakatlar bolalar ruhiyatiga musiqiy asarning mazmuni va kayfiyatini singdiradi, bu bolaning sog`lom bo`lishiga ham ijobiy ta’sir ko`rsatadi.

5. Musiqaviy didaktik o`yin-bu ta’lim berish o`yinlaridir. Musiqaviy didaktik o`yinlar qo`shiq kuylash, ritmik harakatlar va musiqa asboblarida ijro etishga o`rgatishda foydalaniladi. Masalan tovushning dinamik xususiyatlarini farqlash uchun “Qattiq-sekin buben ur”, tembr xususiyatlarini rivojlantirish uchun “Qaysi cholg`u asbob chalindi?” kabi o`yinlarlardan foydalanish yaxshi natija beradi.

6. Bolalar musiqa cholg`u asboblarida jo`r bo`lish- musiqa mashg`ulotlarida eng qiziqarli, barcha bolalar sevib qatnashadigan faoliyat turidir. Bolalar musiqa cholg`u asboblari orqali jonli ijro har qanday bolani o`ziga jalb etadi. Ularning musiqaga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshiradi, ritm tuyg`usi, musiqiy uquvi, xotirasini mustahkamlaydi. Kichkintoylarda zavqlanish, hayratlanish, quvonish kabi ruhiy holatlarni vujudga keltiradi.

7. Bolalar musiqa ijodini rivojlantirish- bunda bolalarning qo`shiqchilik ijodi, o`yin ijodi ya’ni obrazlarni harakatda aks ettirish, raqs ijodi, cholg`u asboblarda ijro etish kabi musiqa ijodkorligi rivojlantiriladi.




Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin