Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. MTM da bolalarni xalq musiqasiga o’rgatish qanday ahamiyatga ega?
2. Ilk bolalar musiqasini rivojlanishiga hissa qo’shgan kompozitorlar?
3. Zamonaviy bolalar misiqasi qanday rivojlanmoqda?
Mavzu: S. Abramova, F. Nazarov yaratgan asarlari.
Ilk bolalar musiqasini rivojlanishida bolalar kompozitorlaridan Sonya Abromavaning roli beqiyosdir. S. Abramova MTMda turli guruhlarda o’tkaziladigan musiqa mashg’ulotining barcha faoliyatlari uchun: musiqa tinglash, musiqa savodi, qo`shiq kuylash, musiqaviy- ritmik harakatlar bajarish, bolalar cholg`ularida jo`r bo`lish uchun asarlar yaratgan. Uning yaratgan asarlari o’zining soddaligi, kuychanligi, oddiyligi, quvnoqligi bilan ajralib turgan. S. Abramova bolalar uchun “Marsh”, “Qo’g’irchoqlar valsi”, “Turnalar”, “Qorparchalar raqsi”, “Kuz”, “Qo`g`irchog`im”, “Paxta raqsi”, “Lentalar bilan raqs” kabi asarlari hozirgacha bolalar bog`chasida sevib ijro qilib kelinmoqda.
O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist, kompozitor Fattoh Nazatov o`z ijodkorlik, dirijorlik, o`qituvchilik va jamoatchilik faoliyati bilan XX asr o`zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. Uning yaratgan turli janrdagi kuy-qo`shiqlari bolalar bog`chalari, o`rta ta’lim va musiqa maktablarida keng qo`llanib kelinmoqda. Bolalar uchun: “Paxtaoy”, “Qish chog`lari”, “Sayra bulbul”. “Bo`z to`rg`ay”, “Oyijon”, ‘O`quvchilar saroyi”, “Mehribonim oyijon”, “Dadajon” kabi asarlar yaratgan. Kompozitor bolalar va kattalar uchun 150 dan ortiq turli mavzuda qo`shiqlar bastalagan. Toshkent shahridagi 23-bolalar musiqa maktabiga uning nomi berilgan.
Dostları ilə paylaş: |