Mavzu: Musiqа tаrbiyasining uslub vа usullаri.
Reja:
1. Usulning ma'nosi.
2. Musiqa tarbiyasining metodlari.
3. Musiqa tarbiyasi ta'limining uslub va usullari.
Bolalarni musiqaga qiziqtirish musiqani tinglashda asarni taqqoslashga o'rgatish, kuylash, raqsga tushish, musiqa cholg`ularida ijroga mashqlar orqali o'rgatib borish davomida ish olib boriladi. Musiqa rahbari izchil ketma-ket ish olib borib, bolalarda ma’lum ko'nikma va malakalar hosil qiladi. Metod - bu bolalarga ta’lim berish yo`lidir. Usul -metodning bir bo'lagi bo'lib, uning asosida bolalarga ta'lim-tarbiya berish samarasi amalga oshiriladi. Musiqa rahbari uslublardan ijodiy foydalanishi kerak. Uslub va usullarni tanlashda musiqa rahbari bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ish olib boradi. Uslib tanlashda mashg`ulot turlari va xillari hisobga olinadi.
Musiqa ta’lim tarbiyasi quyidagi uslublardan tashkil topadi:
1. ko`rgazmalilik;
2. og`zaki;
3. o`yin;
4. badiiy amaliy;
Ko`rgazmalilik – bu uslub eshitish, ko`rish va eshitish uslubiga bo`linadi. Bu uslubga ijro, uni ko`rsatish va texnik vositalar kabi usullari kiradi.
a) ijro – musiqa tindlashda eng asosiy usul hisoblanadi. Asarni ifodali ijro etish kerak. Undan tashqari musiqaviy ritmik harakatda, kuylaganda, musiqa cholg`ularida ijroga o`rgatishda ham ijro usulidan foydalaniladi.
b) Ko`rsatish usuli – kuylashda, ritmik harakatda, musiqa cholg`ularida ijroga o`rgatishda foydalaniladi. Kuylashda: talaffuz, intonatsiya, nafas, tovush hosil qilish ko`rsatiladi.
c) Texnik ta`lim vositalari – bu usul ko`ngil ochish soatlarida, bayram ertaliklarida, DVD, televizion ko`rsatuv asosida qo`llaniladi.
Og`zaki uslubi – musiqa mashg`ulotlarida musiqa so`z bilan almashtiriladi. So`z musiqa asarining mazmunini tushuntirishda yordam berishi kerak. Musiqa rahbari to`g`ri va ifodali so`z bilan murojaat qilishi kerak. Bu usilda bolalarning yoshlari hisobga olinishi kerak bo`lgan savollar bo’lishi kerak.
O`yin uslubi- bu usul ayniqsa, kichik guruhlarda ko`p foydalaniladi. Bundan keyingi duruhlarda ham foydalanishi mumkin. O`yin usullari: ilyustratsiya, o`yinchoq (quyoncha, mushukcha, bayroq), shuningdek o`yin so`zlaridan foydalaniladi. Masalan: “Ana qushcha uchib keldi” kichik va o`rta guruhlarda bu so`zlar ishlatiladi.
Badiiy amaliy uslub- bolalar musiqani tinglaganda musiqa obrazini fikrlaydi. Bu obrazlarni asta-sekin qo`shiqda, raqsda, musiqa cholg`ularida ijroda ifodalaydi. O`z ijodiy faoliyatida qo`llaydi. Ko`rgazmali, so`z, o`yin va badiiy amaliy uslublar bir-biri bilan bog`liq. Bu uslublar har biridan foydalanishda bolalarning yoshini, musiqiy rivojlanishini nazarda tutishi shart. Shuning uchun musiqa rahbari pedagogik mahoratga ega bo`lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |