Mavzu: Nadim Norxo’jaev va D. Omonullayevaning bolalar uchun yaratgan asarlari.
Reja:
1. N. Norxo’jayevning bolalar uchun yaratgan asarlari.
2. D. Omonullayevaning bolalar uchun yaratgan asarlari.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, O`zbekiston Davlat konservatoriyasi professori, kompozitor Nadim Norxo`jayev o`zining jozibali musiqiy asarlari, ayniqsa, estrada va bolalar uchun yaratgan qo`shiqlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo`ldi.
N. Norxo`jayev ijodida qoshiq ustivor ahamiyat kasb etadi. U zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq estrada va bog`cha bolalar hamda maktab o`quvchilariga atab qo`shiqlar yaratdi. Yosh bastakorning bolalar uchun 1975-yilda yozgan “Hakkalar” ilk estrada qo`shig`i “Paxtaoy” nomli vokal cholg`u ansambli ijrosida mashhur bo`lib ketdi. Jumladan, “Yaxshi bola”, “Dangasa”, “Eh, orzular”, “Antiqa musobaqa”, “Diyot madhi”, “Balig`im”, “Salom bergan bolalar”, “Sayyoraxon”, “Chamandagi gullarmiz”, “Boboxo`roz”, “Dono bola”, kabi qo`shiqlar “Bulbulcha” bolalar xori ijrosida ommalashib ketgan. Bolalar xori uchun “Hafta” kantatasi, “Daraxtlar suhbati” xor suitasi, o`zbek xalq qo`shiqlarini xor uchun qayta ishladi. “Osmondagi oy”, “Chori chambar”, “Kavushum”, “Chuchvara qaynaydi” qo`shiqlari shular jumlasidan.
N. Norxo`jayev O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat hodimi kompozitor Dilorom Omonullayeva O`zbekiston bastakorlar uyushmasi safiga estrada qo`shiqlar va boshqa asarlari bilan kirib keldi. U o`zining ijodiy faoliyati bilan respublika musiqa san’atining rivojlanishiga samarali hissa qo`shib kelmoqda.
Dilorom Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo`shiqchilik san’ati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlaridan U.Azimov, E.Obidov, N.Narzullayev, Z.Mo`minova X. Xudoyberdiyeva va boshqalarning she’rlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qo`shiqlar yaratdi. Ular “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Yomg`ir yog`di”,”Saraton”,”Sen qaydasan”,”Ikki daraxt”, “Azizim”, ”Yig`lama” “Yolg`on dunyo” va boshqalar. 1984 –yil shoira Nodira g`azallariga 2 ta romans yozdi.
Dilorom Omonullayeva boshqa janrlarda ham asarlar yaratdi: fortepiano va simfonik orkestr uchun konsert, xor va orkestr uchun suita, kamer cholg`ular uchun musiqiy asarlar, jumladan “Baxtimiz taronasi ” “Istiqlol madhiyasi”, fortepiano uchun “Bolalar albomi”, “Kichkintoylar uchun musiqa” to`plamiga 20 ta qo`shiq va 30 ta raqs kuylari kiritilgan, “Topishmoq aytishuv”, “Topishmoq qo`shiqlar”, “Alifbe qo`shiqlari”, shuningdek “Jajjigina qushcha”, “Nisholda”, “Etikcham”, “Diloromning qo`shig`i”, “Buvijonim”, “Aziz bo`ston-O`zbekiston”, “Navzo`zim” qo`shiqlari bolalar xor jamoalari tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda.
Dilorom Omonullayeva “Do’stlik “ordeni bilan taqdirlangan ”O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni , “Ofarin” mukofoti sohibi, “O’zbekiston – Vatanim manim” va boshqa tanovlar sovrindori.
Dostları ilə paylaş: |