Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Usulning ma'nosi qanday?
2. Musiqa ta’lim tarbiyasi qaysi uslublardan tashkil topadi? 3. Ko`rgazmalilik nimalardan tashkil topadi?
Mavzu: Musiqа mаshg’ulоtidа musiqа tinglаsh fаоliyati.
Reja:
1. Musiqa tinglash vazifalari.
2. Turli guruhlarda musiqa tinglashning o`ziga xos xususiyatlari.
Musiqa tinglay bilish va undan zavqlana olish ham san’at hisoblanadi. Insonlarda musiqa tinglash madaniyati yoshlikdan shakllanadi. MTMda bolalar musiqa tinglash ko`nikmalariga ega bo`la boradilar. Kishining kuylash imkoniyatidan ko`ra, tinglash imkoniyati kengroq bo`ladi. Musiqa tinglash orqali bolalarning badiiy idroki rivojlanadi. Bolalarni musiqiy tarbiyalashda musiqa tinglash faoliyatiga alohida e’tibor bermoq darkor. Zero, har bir bolaning musiqa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda musiqa tinglash ko`nikmasi muhim o`rin egallaydi.
Musiqa mashg`ulotlarida bolalarning musiqa tinglash ko`nikmasini shakllantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
-bolalarni yoshiga mos xalq, mumtoz va zamonaviy musiqa namunalari bilan tanishtirish;
-bolalarning musiqiy asarlarda tasvir etilgan badiiylikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish;
-musiqa haqidagi boshlang`ich ma’lumot (asar nomi, bastakor va shoirlarning nom)larni, asar mazmunini ko`rgazmali qurollar yordamida ochib berish;
-tinglagan asariga baho bera olish, uning xarakteri, janrini aniqlashga o`rgatish;
-tinglagan asariga mos rasmlar chizish, hikoyalar tuzish, musiqiy-ritmik harakatlar bajarishni o`rgatish.
Musiqa tinglash uchun tanlangan asarlar, musiqiy obrazlar orqali bolalarda jonajon Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatni e’zozlash, hamjihatlik, rahm-shafqat kabi xislatlarni shakllantirishga qaratilgan. Bu tarbiyaviy maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa haqidagi boshlang`ich ma’lumotlar berish bolalarni o`rganilgan asarlar nomini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarini farqlash hamda asarlarga ma’lum ma’noda baho bera olishga o`rgatadi. Musiqa rahbari kuy-qo`shiqlarni ijro etganda uning tanish ovozi va ifodali intonatsiyasi, mimikasi va ishoralari bolalarni maftun eradi. Shu vaqtda bolalarda musiqa ohanglari orqali hosil bo`lgan zavqlanish, quvonish, ajablanish kabi holatlarni kuzatish mumkin. Musiqiy asar bilan tanishtirishda musiqa rahbarining jonli, ifodali ijrosi va qisqa, qiziqarli kirish so`zi katta rol o`ynaydi. Bolalar musiqiy asarning mazmunini bilib olganlaridan so`ng ularda o`z taassurotlarini hikoya qilib berishga ishtiyoq paydo bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |