Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


Mavzu: Musiqаviy-ritmik hаrаkаtlаr



Yüklə 197 Kb.
səhifə22/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Musiqa metodikasi majmua

Mavzu: Musiqаviy-ritmik hаrаkаtlаr.

Reja:

1. Musiqaviy ritmik harakatlarning bola rivojidagi ahamiyati.

2. Musiqaviy ritmik harakat turlari.

3. Musiqa mashg’ulotlarida bajariladigan harakatlar.

Musiqa mashg`ulotlarida musiqaviy ritmik harakatlarni bajarish bolalarning ahloqiy-ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqaga mos raqs, o`yin harakatlarini bajarish bolalarning diqqatini jamlash, xotirasini mustahkamlash va jismoniy sog`lom o`sishlariga yordam beradi. Eng muhimi, raqs va ritmik harakatlar vositasida bolalarning musiqiy iqtidori, ritmik tuyg`usi shakllanadi, xotirasi charxlanadi. Musiqa, raqs, o`yinlar kichik yoshdagi bolalarga ayniqsa tez ta’sir etadi. Musiqaviy ritmik harakatlar bolaning harakatchan, chaqqon bo`lishiga yordam beradi, qomatning to`g`ri o`sishiga ta’sir ko`rsatadi. Bolaga tetiklik va g`ayrat bag`ishlab, turli emotsional hislarni uyg`otadi. Raqs kuylari esa bolalarda ajoyib ichki his-tuyg`ular, kechinmalar hosil qilib, beixtiyor raqsga tushishga undaydi va ularni behad zavqlantiradi. Bolalar turli millat raqslarini ham ijro etadilar, bu ularda baynalminal sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. MTM da bolalar bajaradigan musiqaviy ritmik harakatlar quyidagilardan iborat:

-tartibli qadam tashlash, yurish, chopish, sakrash kabi harakatlar;

-sahnalashtirilgan syujetli o`yinlarda (mashinani boshqarish, quyoncha, ayiq polvon, tulki, samolyot, paravoz, paxta terish, gul terish kabi turli) harakatlarni bajarish;

-kiichik hajmli o`zbek xalq kuylari, sodda bayondagi bolalar xalq qo`shiqlari, bolalar folklori namunalaridan zavqlanish, mazmunini anglash va oddiy harakatlar yordamida milliy raqs elementlarini bajarish;

-o`yinda obrazli harakatlarni ifodalash uchun musiqiy-ritmik harakatlarni mustaqil o`zlashtirish;

-raqs va laparlar. Musiqa ritmiga muvofiq harakatlarni almashtirib bajarish. Bu harakatlar bog`chada musiqa bilan bajariladigan barcha harakatlarni o`z ichiga oladi.

Musiqa mashg`ulotlarida bajariladigan harakatlarni asosan uch turga bo`lish mumkin:

a) musiqali o`yinlar (syujetli);

b) raqs;


c) qo`shiqqa mos musiqiy-ritmik harakatlar.

Turli guruhlarda musiqaviy ritmik harakat faoliyatida bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinishi darkor.




Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin