Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


Mavzu: Bоlаlаr musiqа chоlg’ulаridа ijrо- musiqа fаоliyat turi



Yüklə 197 Kb.
səhifə25/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Musiqa metodikasi majmua

Mavzu: Bоlаlаr musiqа chоlg’ulаridа ijrо- musiqа fаоliyat turi.

Reja:

1. Bolalar cholg`u asboblarining turlari.

2. Bolalar cholg`u asboblarining ijro usullari.

3. Bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish metodlari.

Musiqa mashg`ulotlari davomida bolalar musiqa cholg`u asboblarida jo`r bo`lish bolalar uchun g`oyatda yoqimlidir, chunki musiqa cholg`u asboblari, tovushli o`yinchoqlar sifatida har bir bolani qiziqtiradi. Bolalar musiqa asboblari, birinchi navbatda, bolalarda ijrochilik mahorati, musiqiy uquvi va qiziqishini ostiradi. Musiqa asarlarini diqqat bilan tinglash, musiqaning xarakterini his etish musiqa cholg`u asboblarini farqlashga, tovush balandligini bilishga o`rgatadi. Bolalar qo`shiqni kuydan ajrata olishga, qo`shiq so`zlarini aniq, tushunarli kuylashga, kirish qismidan so`ng qo`shiqni birga boshlash va tugallashga, metallofonda oddiy kuylarni, doirada oddiy ritmlarni ijro etishga harakat qiladilar. Musiqa mashg`ulotlarida bolalar guruhidan musiqa cholg`u asboblari orkestri, vokal ansambllari tuzish mumkin bo`ladi. Kichik hajmdagi o`zbek xalq kuylaridan boshlab, kattaroq asarlargacha bolalar shaqildoqchalar, doirachalar va rumbalarda turli ritmik usullarni chalishni o`rganadilar.

Bolalar musiqa cholg`u asboblarida kuychan va kuychan bo`lmagan shovqinli asboblar kabi ikki turga bo`linadi.

1.Kuychan bo`lgan musiqa cholg`u asboblariga metallofon va kselofon kiradi.

2. Kuychan bo`lmagan shovqinli asboblarga doirachalar, bubenlar, oddiy yog`och qoshiqlar, kichik shaqildoqlar, qo`ng`uroqchalar, barabanchalar, uchburchak marakassalar kiradi.

Musiqa cholg`ularida ijroga o`rgatish o`rta guruhdan boshlanadi. Bolalar bog`cha davrining oxirida:

1) musiqa cholg`ularining nomlanishi;

2) musiqa cholg`ularining jaranglanish xarakterini;

3) musiqa cholg`ularining ijro yo`llarini;

4) musiqa cholg`ularining foydalanish va joylanish qonunini bilishlari zarur.

Bolalar bilish zarur bo`lgan ijro usuli:

1) ijro usuli;

2) ansamblda ijro;

3) oddiy dinamik bo`yoqlardan foydalanish;

4) oddiy, kichik qo`shiqlarni yakka ijro etish.


Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin