Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 197 Kb.
səhifə28/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Musiqa metodikasi majmua

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Musiqa mashg`ulotlari qanday tartibda o`tkaziladi?

2. Musiqa mashg’ulot turlarini sanab o’ting?

Mavzu: Ilk yosh guruhlarda musiqа mаshg’ulоtlаr

Reja:

1. Ilk yosh guruh bolalarining psixologik- fiziologik tuzilish.

2. Ilk yosh guruhda o’tkaziladigan musiqa mashg`ulotining vazifasi.

Bu guruh yoshidagi bolalar psixolodik-fiziologik jihatdan hali to`liq rivojlanmagan, nutqi, xotirasi, tinglash malakasi, ovozi shakllanmagan, e’tiborini bir narsaga jalb qilish qobiliyati sust, ammo o`ta ta’sirchan va taqlidchan bo`ladilar. Bu yoshdagi bolalarda tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqish tobora ortadi. Tarbiyachining shirin so`zlari, sho`x, quvnoq kuy-qo`shiqlari, o`yinlar ular e’tiboroni o`ziga jalb etadi. Musiqa mashg`ulotlarida musiqa tinglash, kuylash bolalarda ovoz apparatining shakllanganligi bilan chambarchas bog`langan bo`ladi. Musiqa rahbari qo`shiqni mayin, jonli kuylaydi, so`ng rasmlar, o`yinchoqlar yordamida mazmunini qisqacha hikoya qilib beradi. Savol-javob orqali qo`shiq mazmunini ochib beradi. Dastlab bolalar qo`shiqni ijro eta olmaydilar. Ular takrorlanuvchi jumlalarni kuylaydilar, xolos. Bolalarda kuylash holati, talaffuz, ovoz hosil qilish, to`g`ri nafas olish kabi vokal malakalarini shakllantirish ishlari boshlanadi. Bolalar musiqa rahbarining qo`shiq kuylashini, musiqiy harakatlarini ko`rsatib berishga harakat qiladilar. Asta-sekin tevarak-atrofga munosabatlarida jiddiy o`zgarishlar ro`y bera boshlaydi. Syujetli-tasvirli o`yinlarda ular kattalarning harakatlarini kuzatib, real predmetlar o`rniga o`yinchoqlardan foydalanadilar. Tayoqcha yordamida qo`g`irchoqni “ovqatlantiradilar”, kubik bilan ko`ylakni “dazmol”laydilar. Bolalar o`zlari uchun aniq mustaqil rolli o`yinlar tanlaydilar ( ona, haydovchi, shifokor, tikuvchi, sotuvchi). Mashg`ulot jarayonida har xil xarakterdagi qo`shiqlarni qiziqish bilan tinglaydilar va ularni bir-biridan farqlay boshlaydilar.

Musiqa mashg`ulotlarini o`tkazishdan ko`zda tutilgan vazifalar quyidagilardan iborat:

-Bolalrning sog`lig’ini mustahkamlash, barmoqlarning mayda muskullarini rivojlantirish;

-Jamoada birgalikda yurish ko`nikmasini rivojlantirish;

-Sensor tarbiyani davom ettirish: (ko`rish, eshitish, sezish, idrok etish)

-Bolalarda ijobiy odatlarni shakllantirib borish;

-Musiqaga hissiy (emotsional) javob bera olishni tarbiyalash;

-Turli musiqa asboblari, diskdagi kichik qo`shiq va kuylarni tinglashga ishtiyoq uyg`otish;

-Bolalarni ertak, hikoya she’rlarni berilib tinglashga o`rgatish;

- O’yinchoqlar, rasmlarni qiziqish bilan ko`rishga undash;

- Bolalrning musiqa ostida asosiy harakat turlari: to`g`ri yurush, yugurish, sakrashni o`rganib olishlariga yordam berish;

- Musiqa ohangiga, ritmiga mos harakatlar bajarish, musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

. Ilk yosh guruh uchun musiqa mashg`ulotining davomiyligi 10-15 daqiqadan iborat.




Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin