Mavzu: O’rta guruhda musiqaviy ritmik harakatlar.
O`rta guruh- bu guruh bolalari ham harakatlarni tarbiyachi bilan birgalikda bajaradilar. Agar o`yin-raqsni yaxshi eslab qolgan bo`lsalar, unda mustaqil raqsga tushadilar, tarbiyachi unda kuzatadi. Bolalar musiqiy obrazlarni ko`rsatadilar (quyon, tulki, ayiq). O`rta guruhda musiqa yorqin bo`lishi kerak. Repertuarda raqslar, mashqlar, o`yinlar kiritilgan bo`lishi kerak.
Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlarda musiqaviy ritmik harakatlar.
Katta va tayyorlov guruh- bo`shliqni aniq mo`ljalga oladilar. Musiqani qismga ajratadilar, musiqaga o`zlari harakat o`ylab topa oladilar. Bu guruhlarda musiqa o`yinlari, mashqlar uchun xalq kuylaridan foydalaniladi. Do`stlikni tarbiyalovchi raqslar-juftlik raqslari ijro etiladi. Tarbiyachi faqatgina yangi asarlarda bolalar bilan harakatni bajaradi, qolgan paytlarda esa bolalar harakatni mustaqil bajaradilar. Tarbiyachi esa tahlil qiladi va rag`batlantiradi.
Musiqa mashg`ulotlarida bolalarning aqliy va jismoniy rivojida raqs, musiqali o`yinlar hamda musiqa ostida harakatlar bajarish katta ahamiyatga ega. Musiqali o`yinlar o`z maqsadi va vazifalariga ko`ra didaktik o`yinlarga mansub bo`lib, ular asosan harakat vositasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: |