64
D.Omonullayeva musiqasi, N.Muhammad she’ri; «Nisholda», D.Omonullayeva
musiqasi, R.Tolipov she’ri.
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarni ovoz
diapazonini aniqlash va
kengaytirishga aloqida e’tibor berish lozim. Birinchi sinfda o‘quvchilarni ovoz
diapazoni (DO1 – Lya1), keyinchalik esa ularni ovoz diapazoni kengayib, o‘quv
yili oxirlarida (DO1 – D02)gacha ham bo‘lishi mumkin. Qo‘shiqlarni
o‘quvchilarga
musiqiy qobiliyatlari, musiqiy o‘quvi, xotirasiga, talaffuziga
ahamiyat beriladi.
Qo‘shiqlarning
differensional
guruhlarga
bo‘lib
o‘rgatish
dars
samaradorligini oshiradi. Musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilarni
qiziqishini
va musiqiy qobiliyatini yanada o‘stirish uchun o‘qituvchilarni uch guruhga bo‘lib
o‘tkazish lozim.
Musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar har tomondan jarangdorovozlarni
eshitib,
ularga taqlid qilib chiroyli, sof intonatsiyada kuylashga harakat qiladilar.
Bu yoshdagi o‘quvchilarni ovozi o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli tembga ega
bo‘ladi. O‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri tutish, nafasini so‘z o‘rtasida
olmaslik uchun rejaga solish, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, sof
intonatsiya ustida muntazam ish olib borish lozim. Bolalar ovozini parvarish qilish
tavsiya etiladi. Ovoz sozlashni primar tovushlardan (mi1, fa1, sol1,) boshlab,
yelkani ko‘tarmasdan nafas olishga ahamiyat berish qo‘shiq kuylash
samaradorligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: