Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

«SKARABEY» TEXNOLOGIYASI 
«Skarabey» interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikri bog‘liqlik, 
mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal 
qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur 
texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis 
baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash 
imkonini beradi. U ayni paytda turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi 
bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
«Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, undan o‘quv materialining 
turli bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi: 
– boshida o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida («Aqliy hujum»); 
– mavzuni o‘rganish jarayonida uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini 
belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; 
mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko‘rsatish; 
– oxirida olingan bilimlarini mustahkamlash va yakunlash maqsadida. 
«Skarabey» texnologiyasi o‘quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u 
faoliyatining fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. 
U o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni 
amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni 
yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o‘quv jamoalarida 
qo‘llanishi mumkin. 
«VEER» TEXNOLOGIYASI 
Bu texnologiya murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar muammo 
xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan.


57 
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli 
tarmoqlari bo‘yicha axborot beriladi. Ayni, paytda ularning har biri alohida 
nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat 
va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu, interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni 
muvaffiqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki 
shaklda ihcham bayon etishga, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Veer» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama 
qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga 
qaratilgan. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin