Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Bilim – talabalarni o‘qish jarayonida puxta o‘zlashtirgan o‘quv materiallari  haqidagi ma’lumot. Ko‘nikma



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Bilim – talabalarni o‘qish jarayonida puxta o‘zlashtirgan o‘quv materiallari 
haqidagi ma’lumot.
Ko‘nikma – talabaning olgan bilimiga asoslanib, belgilangan vazifalarni 
bajarishga doir harakatlar yig‘indisi. 


54 
Malaka – ongli xatti-harakatlarning singib ketgan qismi. Malaka bir narsani 
ko‘p marta takrorlash asosida hosil qilinadi. Ya’ni shu narsani alohida qayd etish 
lozimki, ko‘nikma va malakaning umumiy hajmda farq qiluvchi tamonlari bor. 
Umumiy tomoni shundaki, qilingan barcha harakatlar amaliyotda qo‘llaniladi farqi 
esa talabalar chaqqonlik, onglilik, ziyraklik, vaziyatga kira olish kabi qobiliyatlar 
bilan bir-biridan farq qiladi. Ta’lim jarayonida ko‘nikma va malakalar doimo 
hamkorlikda yursa-da, lekin bilim hamma vaqt yetakchi bo‘ladi. Chunki inson 
bilim asosida ma’lum bir ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. Umuman talabalar 
o‘quv jarayonida osondan murakkabga, quyidan yuqoriga, noma’lumdan 
ma’lumga qarab borishi bilan ko‘nikma va malakalar odatiy tusga kiradi. 
Zamonamiz taqozosi musiqa darslarini yanada jo‘shqin, qiziqarli, ko‘tarinki 
ruhda o‘tishlari uchun yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yaxshi natija 
beradi.
Bunday darslar o‘quvchi talabalarni bilim darajasini aniqlashga, baholash va 
rag‘batlantirishga, jamoa bo‘lib ishlashga va bir-birlarini fikrlarini hurmat bilan 
tinglashga keng imkoniyatlar beradi.
Talabalarni musiqiy did va musiqiy dunyoqarashini shakllanishiga asos 
soladi. O‘qitish jarayoni o‘quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi turli 
pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo‘llashda ularni mustaqil 
erkin fikrlashga, o‘z ustilarida ishlashga, izlanishga o‘rgatadi. Har bir masalaga 
ijodiy yondashish mas’ulyatini sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil 
qilish, ilmiy adabiyotlarda foydalanishga eng asosiysi, o‘qishga, fanga, pedogogika 
va o‘zi tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Mashg‘ulotlar davomida 
talabalar mavzuni interaktiv metodlar (jamoa bo‘lib ishlash) orqali o‘zlashtiradilar. 
Mavzu yuzasidan noan’anaviy darslar turiga: «Klaster», «Bumerang», «Aqliy 
hujm», «Veer», «Blits o‘yin», «Zig-zag», «Charxpalak» kabi texnologiyalar 
qo‘llaniladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin