Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


«KOMPOZITORLIK MUSIQA JANRI»



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

 
«KOMPOZITORLIK MUSIQA JANRI» 
I chorak: «O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri. Xor san’ati». 
II chorak: «Simfonik orkestr. Musiqada vokal – simfonik janrlari». 
III chorak: «Sahnaviy musiqa asarlari. Balet va raqs san’ati. Musiqali drama 
va komediya». 
IV chorak: «Opera san’ati. O‘zbek musiqasida opera janri». 
Beshinchi sinfda musiqa darslarining maqsadi, o‘quvchilarni boshlang‘ich 
sinflarda olgan bilimlarini va tayyorgarlik darajasini aniqlab, musiqa 
mashg‘ulotlariga, to‘garak ishlariga qiziqtirishdan iborat. Mazkur maqsad 
yuzasidan kirish suhbati o‘tkaziladi va ko‘pchilik yoddan biladigan qo‘shiq 
kuylanadi. Kuylashdan oldin ashula aytish holati, o‘tirib va turib kuylash qoidalari 
tanishtiriladi 
va tartibga solinib, vokal mashqlari yordamida ovozlar sozlanadi. So‘ngra qo‘shiq 
ijro etiladi. Hamda ijro yutuq va kamchiliklari baholanadi. Qo‘shiq mazmuni 
suhbatda aniqlanib asar xarakteri, tempi, shakli belgilanadi va talablarga ko‘ra 
qayta kuylanadi, toki o‘quvchilarda darsning professional darajasi sezilsin. 
Natijada o‘quvchilarni qo‘shiq kuylashga, musiqa tinglashga, asarlarni savodli 


90 
tahlil qilishga, to‘garaklarga qatnashishga, chiroyli ovoz hosil qilib kuylashga 
qiziqishi va mas’uliyati oshib boradi. Keyinchalik esa ikki ovozli qo‘shiq 
kuylashga qiziqishi ham ortib boradi. Ikki ovozli kuylash malakasi asta-sekin 
singdiriladi. Bu to‘garak ishlarida o‘z natijasini ko‘rsatadi. Musiqiy asarni tinglang 
va kuylash uchun albatta 
musiqiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerakligi va hayotda musiqa 
tarbiyasining ahamiyati haqida musiqa o‘qituvchisi tushuntirib borishi lozim. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Beshinchi sinfda musiqa o‘qitishning ish mazmuni va metodikasi 
nimalardan iborat?
2. Beshinchi sinf o‘quvchilarining fiziologik-psixologik xususiyatlari 
nimada? 
3. Beshinchi sinfda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va 
o‘rgatish yo‘llari qanday? 
4. Beshinchi sinfda o‘quvchilarning o‘qish davomida o‘zlashtirgan ko‘nikma 
va malakalari nimalardan iborat?

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin