Oltinchi sinf vil mavzusi: «Mumtoz musiaqa» I chorak: Mumtoz musiqa haqida ma’lumot.
II chorak: Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari.
III chorak: Sharq xalqlari mumtoz musiqasi.
IV chorak: Evropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv.
97
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Oltinchi sinfda musiqa o‘qitishning mazmuni nimalardan iborat?
2. Yangi dastur asosida musiqa darslarini olib borishning o‘ziga xos
qulayliklari va muammolari nimalardan iborat?
3. Oltinchi sinfda musiqa o‘qitishning ish mazmuni qanday prinsiplar va
metodlarga asoslanadi?
4. Oltinchi sinfda vokal-xor ishlari va musiqa tinglashning ish mazmuni
qanday?
5. Musiqa o‘qitish bo‘yicha ta’limning yangi o‘quv dasturi va standartlari
musiqa darslarida qanday ahamiyatga ega?
Tayanch tushunchalar Mumtoz musiqa – yetuk, namunaviy degan ma’noni anglatadi.
Shashmaqom – o‘zbek va tojik xalqlari musiqa merosining yetuk
mukammal asari.
Zamoaviy musiqa – hozirgi kunda o‘z mohiyatini va qadrini yo‘qotmagan
musiqa asarlariga aytiladi.
Janr – musiqaning turi.
Diapazon – ashulachilar ovozini kengligi, hajmi.
LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 6-SINF UCHUN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI MAVZU : MUMTOZ MUSIQA Darsning mavzusi: Mumtoz musiqa haqida ma’lumot.
Qo‘shiq kuylash: «Ey nozanin», o‘zbek xalq kuyi, Muqimiy g‘azali.
Musiqa savodi: 2/4 o‘lchovida dirijorlik qilib, notalarni nomini aytib
kuylash.
Musiqa tinglash: «Baljuvon», o‘zbek xalq kuyi.
Darsning maqsadi: Tarbiyaviy: O‘quvchilarda mumtoz musiqaga muhabbat uyg‘otish.
98
Ta’limiy: O‘quvchilarga notalarni nomini kuylab dirijorlik qilishga
o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni qo‘shiq kuylash va mumtoz musiqani
tinglash hamda idrok qilishga o‘rgatish.