Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Darsni jihozlash: Reja-konspekt, plakatlar, kartochkalar, CD disklar, 
tarqatma materiallar, magnit tasmalar. 
Darsning turi: Aralash. 
Darsning borishi: O‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlayman. 
Uyga berilgan vazifani tekshirish uchun savollar beraman. 
O‘tgan darsda qanday qo‘shiqni organganmiz? 
Bu qo‘shiqni mualliflari kimlar, mazmuni kim haqida? 
Musiqa savodidan qanday topshiriq berilgan? 
Mumtoz musiqa haqida qanday ma’lumotga egasiz? 
So‘ngra o‘quvchilarga kuylash holatini eslatib, ularni ovozlarini sozlayman. 
1. Artikulatsiya apparatini ishga solish uchun mashqlar kuylataman. 
2. Sof intonatsiyaga erishish uchun mashqlar kuylataman. 
3. Ikki ovozda kuylash uchun mashqlar kuylataman. 
O‘tgan darsda o‘rgatilgan M.Burxonov, musiqasi A.Oripov she’ri 
“O‘zbekiston 
davlat 
madhiyasi” 
qo‘shig‘ini 
ifodali 
qilib 
takrorlab, 
mustahkamlayman. 
Yangi Muqimiy she’ri, o‘zbek xalq kuyi, «Ey nozanin» qo‘shig‘ining 
mazmuni tarixi bilan tanishtirib, kuylab beraman. Bu qo‘shiqda insonlarning mehr-
muhabbati, iztirobi, bir-biriga hurmati, rashki haqida kuylanadi. Bu qo‘shiq re-
minor tonligida kuplet shaklida, og‘irvazmin xarakterda, o‘rtacha tempda 2/4 
o‘lchovida yozilgan. Endi qo‘shiqni o‘quvchilarga ifodali qilib, mayin ovozda ijro 
etib beraman. So‘ngra o‘quvchilarga qo‘shiq mazmuniga oid savollar beraman. 
Qo‘ shiq nomi va mualliflari kimlar? 
Qo‘shiq qanday ladda, tempda yozilgan? 
Qo‘shiq mazmuni nima haqida? 
Qo‘shiq qanday o‘lchovda va shaklda yozilgan? 


99 
Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib, notalar nomi bilan yoki biror bo‘g‘inda 
2/4 o‘lchoviga dirijorlik qilib o‘rgataman. 
So‘ngra qo‘shiqni magnit tasmasida o‘zbek xalq cholg‘u asboblari ijrosida 
tinglataman. Mumtoz musiqa haqida o‘quvchilarga ma’lumot beraman. Mumtoz 
musiqa o‘z qadrini yo‘qotmagan, chuqur mazmunga ega bo‘lgan, yetuk, 
namunaviy, uzoq tarixga ega bo‘lgan asar.
Mumtoz musiqa ikki xil shaklga ega. Ulardan biri cholg‘u musiqasi bo‘lsa, 
ikkinchisi ashula yo‘lidir. Cholg‘u musiqasi tarkibida eng sodda xalq kuylaridan 
tortib, to murakkab maqom namunalarigacha o‘z ichiga oladi. Shular orasida 
maqom cholg‘u yo‘llari bilan birga, juda ko‘p an’anaviy mumtoz asarlar ham bor. 
Mumtoz musiqani o‘zbek bastakorlari turli davrlarda yaratganlar. Mumtoz kuylar 
azaldan o‘zbek xalq cholg‘ulari: tambur, dutor, rubob, doira, ohang, surnay kabi 
sozlarda ijro etib kelingan. Bunday kuylarga «Cho‘li-iroq», «Munojat», 
«Tanovar», «Jonon», «Mirzadavlat», «Rohat», «Aliqambar» kabi asarlar kiradi. Bu 
kuylarni ijro etgan va yaratgan bastakorlar Usta Olim Komilov, Yunus Rajabiy, 
Turg‘un Alimatov, Muhammadjon Mirzayev, Komiljon Otaniyozov va boshqalar. 
Hozir sizlar bilan o‘zbek xalq kuylaridan «Baljuvon» kuyini magnit tasmasida 
tinglaymiz. 
Tinglangan asarlar bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beraman. 
Hozir tinglagan kuyingizni nomi nima va uni kim yaratgan? 
Bu kuy qanday o‘zbek xalq cholg‘u asboblarida ijro etilgan? 
Mumtoz musiqa deganda nimani tushunasiz va uning tarixini aytib bering? 
Mumtoz musiqani qanday turlari mavjud va uning asoschilari kimlar? 
Berilgan javoblar yuzasidan o‘quvchilarni baholayman. Baholarni ovoz chiqarib, 
e’lon qilaman. 
Darsni yakunlayman, uyga vazifa beraman. Mumtoz musiqalar nomlarini 
yozib kelish, yuqoridagi kuylardan birortasini tinglab, tahlil qilib kelish va o‘zbek 
xalq cholg‘u asboblari rasmini chizib keling. Qo‘shiq so‘zlarini yodlab, dirijorlik 
ishoralarini o‘rganib keling deb o‘quvchilar bilan xayrlashaman. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin