Musiqa tarixi fanidan



Yüklə 68,61 Kb.
səhifə1/12
tarix20.11.2023
ölçüsü68,61 Kb.
#163587
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA INNOVATSIYA TA’LIM VAZIRLIGI
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MILLIY HUNARMANDCHILIK VA AMALIY SAN`AT FAKULTETI
MUSIQIY TA’LIM YO‘NALISHI
02/20 – sirtqi GURUH TALABASI
TURANBAEVA MAFTUNAXON MUXSINJON- QIZINING
MUSIQA TARIXI FANIDAN”
Musiqiy- Saxnaviy janrlar” mavzusidagi


KURS ISHI
Ilmiy Rahbar: katta o`qituvchi Rasulova S.S.

Qo‘qon – 2023
MUNDARIJA
KIRISH ……..……………….………...……………………………………
I BOB JAXON MUSIQIY SAXNAVIY JANRLARI RIVOJLANISHI.
I.1. Opera janrining vujudga kelishi va rivojlanishi………………………….
I.2.Balet san`atini kelib chiqishi……………………………………………...

II BOB OZBEK MUSIQIY SAXNAVIY JANRLARI RIVOJLANISHI.
II.1 O ‘zbek opera musiqa janrining shakllanishi va rivojlanishi……………
II.2 Ozbek baleti to`grisida…………………………………………………..
II.3 Ozbek musiqali drammalari……………………………………………..
XULOSA………………………………………….…..………..…..……
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………..…..………….
Ilova…………………………………..…………………………...........


KIRISH
“Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy,
madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab- avaylashi shart ”1
“Bizning havas qiisa arziydigan buyuk tariximiz bor,
havas q`ilsa arziydigan ulug` ajdodlarimiz bor,
havas q`ilsa arziydigan beq`iyos boyliklarimiz
bor va men ishonaman, nasib etsa havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san`atimiz ham albatta bo`ladi”.
SH. Mirziyoyev

Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an’analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne’mat asosida, jonli ravishda rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi. Har bir davr o‘zining musiqiy an’analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviy yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o‘z aksini topgan. Insoniyat esa o‘z ma’naviyati darajasida o‘zining ma’naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar evrilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o‘z samarasini namoyon etib kelgan.


Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlami faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ko‘lami juda keng, ulami tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug‘orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkuming individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan.
Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan. Hayot taraqqiyoti jarayonlarida, G‘arb madaniyatining o‘ziga xos kamol topganligini esa, hozirgi zamori musiqa san’ati ko‘lamidan ilg‘ab olish mushkul emas. Buning negizida musiqa san’ati va uning ichki unsurlarini professionallik darajada umumlashish bosqichlarini o'tashi, bu jarayonda mutanosib tovush pardalarini uyg‘unlashtirish hamda barcha barobar qabul qilishlari kabi mezonlar, umumbashariyat musiqa san’atining go‘zal uyg‘unlashishiga olib kelganligini e’tirof etish lozimdir. Natijada, musiqa san’ati ijodiyotida G‘arb musiqa san’atiga intilish, o'xshatish, madaniyatiga ergashish kabi munosabatlar yuzaga keldi. Har bir xalq o‘zining milliy musiqa san’ati bilan birgalikda, ular asoslangan g‘arbona musiqa ijodiyotini shakllantirdilar. Buni, ilk bosqichlarini taqlidiy munosabat ekanligiga ham shubha yo‘q. Lekin zamon va makon, mafkura va siyosat, qolaversa, zamonaviy ijodiy munosabatlar yangi yo‘nalishlami vujudga kelishini ta’minlab beradi. O‘zbek xalq musiqa san’ati o‘zining milliy jarayonlarida o‘ziga xos va mukammal darajada shakllangan betakror xalq va mumtoz musiqa merosiga ega. XX asrga kelib, bu ijtimoiy hayot so‘qmoqlarida va musiqa madaniyatimizda yangi yo‘nalish joriy etila boshlandi. Bu ana shu g‘arb musiqa madaniyatining negizida musiqa ijodiyotini kamol toptirish edi. Qayd etish joizki, har qanday musiqa xalq madaniyatining rivojiga xizmat qilsa, albatta amaliyotda o‘z ijobatini topadi. XX asrga kelib O‘zbekistonda ham yevropacha tafakkur oq`imining ta’siri sezila boshlandi va zamonaviy musiqaning kompozitorlik ijodiyoti ko‘rinishida amaliyotda q`aror topa boshlandi.


Yüklə 68,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin