Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li. Davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach, O’zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo’liga tushib oldi. O’zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an’analarga asoslangan o’z yo’lini tanlab oldi. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Bu yo’lning asosiy qoidalari Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida, ma’ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo’lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo’jalik imkoniyatlari, shartsharoitlari, eski tuzumdan meros bo’lib qolgan muammolar hisobga olindi.
O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shaklllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning qo’yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.
Agrar islohotlar. Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo’jaligida YaIM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo’jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohotlar yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo’shimcha ravishda 550 ming gektar sug’oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yermaydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
Qishloqda xo’jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo’jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo’jalik yuritishda o’zlarini to’la-to’kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo’jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvari holatiga ko’ra ruspublika bo’yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln. 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi.
Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo’jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o’rin berildi. Qishloq xo’jaligida fermer va dehqon xo’jaliklari salmoqli o’rin egallamoqda. 2004-yilda fermer xo’jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo’jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go’sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o’rinni egallab qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.
Qishloqda shaxsiy yordamchi xo’jaliklar dehqon xo’jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo’jaligi-bu oilaviy-mayda tovar xo’jaligi bo’lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig’iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2003-yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo’jaligi faoliyat yuritdi respublikada yetishtirilgan go’shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo’jaliklari tomonidan tayyorlandi.
2003-yilda respublikamiz qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22,2 foizi shirkat xo’jaliklariga, 14,9 foizi fermer xo’jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo’jaliklarida yetishtirildi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o’zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o’z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda.