Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros



Yüklə 57,48 Kb.
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü57,48 Kb.
#208707
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqillik yillarida O’zbekistonning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti

Don mustaqilligi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga e’tibor berildi. Xo’jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bo’ldilar. Respublikada don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo’li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan-maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli ekinlar-maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin-maydonlarida donli ekinlar salmog’i 1991-yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2000-yilda 42 foizga o’sdi.
Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash yo’li izchillik amalga oshirildi. Agar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln. tonna don, shu jumlandan 609,5 ming tonna bug’doy tayyorlangan bo’lsa, 2014-yilda 8 mln. tonna bug’doy yetishtirildi. O’zbekiston g’alla mustaqilligiga erishdi.
Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish imkonini yaratdi.
Iqtisodiyotda barqaror yuksalish. Iqtisodiyot tarkibidagi tub o’zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991-2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 1990-yilda Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992-yilda 94,7 foizga, 1993-yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996-yildan boshlab barqaror o’sish ta’minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997-yilda 106,5 foizga, 1998-yilda 105,8 foizga, 1999-yilda 106,1 foizga, 2000yilda 106,4 foizga, 2001-yilda 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003-yilda
108,4 foizga, 2004-yilda 109,4 foizga o’sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko’paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi.

Yüklə 57,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin