7.6-rasm. Manzarali dam olish joylarini chizmada tasvirlash.
89
Bunday materiallardan barpo qilingan besedkalar har xil moyli bo‘yoqlardan chiqariladi. Ular zanglamaydi, korroziyaga uchramaydi.
Bog‘-parklarda mavjud bo‘lgan peshayvonlar - kunlar o‘ta qizib ketgan yoki seryog‘in, do‘l-yomg‘irli kunlarda tashrif buyuruvchilar o‘zlarini vaqtinchalik panaga oladigan joy. Bunday joylar chiroyli ko‘rinishda, naqshinkor qilib yog‘ochdan, g‘ishtdan, temir-betondan, skameykalar qo‘yilib yasaladi.
7.7-rasm. Kichik arxitektura fasad ko‘rinishidagi besedka.
Bugungi bog‘-parklardagi ayvonlar chiroyli ko‘riaaishda, har xil ranglardagi plastmassa, sintetik kauchukdan tayyorlangan shiferlar bilan ham ishlab chiqilmoqda. Ushbu materiallardan bog‘-sayilgohlarda bufetlar, kafe-barlar, gul navlari qo‘yilgan ayvonlar, boialar avtomat o‘yingohlari burchaklari, gazeta va jumallar o‘qiydigan burchaklar tashkillashtirilmoqda.
Shuningdek, bugun bog‘-parklarimizda tashrif buyuruv-chilarga xizmat ko‘rsatish uchun chiroyli manzarali ko‘rinishda
90
kioskalar tashkillashtirilmoqda. Bularda gazeta-jumallar, har xil kitoblar, bolalar uchun o‘yinchoqlar, daftar, qalam, ruchkalar va boshqa kundalik zarur bo‘lgan yengil assortiment mahsulotlar tashrif buyuruvchilarga savdo-sotiq yo‘li bilan yetkaziladi. Bunga qo‘shimcha sifatida bog‘da telefon-avtomatlar, suv ichish shoxobchalari, radio-televizor burchaklari, ovoz yozish va kasseta do‘konlari tashkil etiladi. Ular doimo xalq xizmatida bo‘ladi.
7.8-rasm. Nafis klumbalarda bruschatkalar va
plastmassa guldonlardan foydalanish.
91
OLTINCHI BO‘LIM
VIII bob. Mavsumiy gullar va butasimon o£simliklardan
Dostları ilə paylaş: |