Nazorat savollari
Bog‘-park inshootlari nima?
Bog‘larda jozibador besedkalar o‘matish.
Klumbalar va rabatkalar haqida tushuncha.
97
IX bob. Ko‘p yillik o‘simlikIar va gazon yordamida bog‘larda shakllar yaratish
Bog‘-parklarga kiraverishda tashrif buyuruvchilar ko‘z o‘ngida parkning manzarali ko‘rmishdagi darvozasi, uning old ko‘rinishiga qurilgan faworalar, haykallar ramzi va yerga terilgan har xil shakllarga ega bo‘lgan bruschatkalar o‘ziga xos kompozitsiyasi bilan namoyon bo‘la boshlaydi. Bog‘da kirib kelish bilan uning o‘simlik dunyosi, gulzorlar va maysazorlar ko‘zga tashlanadi. Bog‘-parklardagi shimday ko‘rinishlardan biri maysazorlardir.
Gazon - fransuzcha so‘z bo‘lib, “maysazor” ma’nosini anglatadi. Maysazor o‘t bilan qoplangan, tabiiy yoki sun’iy ravishda yaratilgan maydondir. Manzarali bog‘dorchilikda bu tabiiy yoki sun’iy ravishda yaratilgan o‘tsimon maydon ko‘kalamzorlashtirish uchun ham, sport maydonchalari va boshqa maqsadlarda ham ishlatiladi. Yashil maydonlar bunyod etishda (yashillik qurilishda) maysazorlarga katta e’tibor beriladi.
Maysazorlar ikki guruhga ajratiladi:
manzarali maysazorlar;
maxsus maysazorlar.
Maxsus maysazorlar sport (fdtbol va boshqalar), aerodrom, magistrallarda transport va piyodalar harakatini ajratuvchi (tartibga soluvchi), yo‘l chetlaridagi chiziqlami mustahkamlovchi maysazorlardir.
Manzarali maysazorlar, o‘z о‘mi da, quyidagilarga bo‘li-nadi: parterli, o‘tloq ko‘rinishli (bog‘ va o‘rmon bog‘dorchili-gida), ko‘p yillik, manzarali, gullovchi va mavritaniya (bir yil-liklar, xilma-xil gullovchilar).
Dostları ilə paylaş: |