106
bob. Ochiq joydagi gul o‘simliklari va ulardan ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish
Bizning mamlakatimizda gullar bilan shug‘ullanish o‘zining uxoq tarixiga ega. Gulchilik respublikamizga Uzoq Sharqdan, Xiloy, Misr va Hindistondan qadimiy Buyuk ipak yo‘li orqali kirib kelgan.Shundan so‘ng Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon va Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarimizda lurli xil gul turlaridan ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanil-gan. Bora-bora gullar o‘zimizda yetishtirila boshlangan, Bota-nika ilmiy tadqiqot instituti va botanika bog‘lari, respublikamiz viloyatlarida uning filiallari tashkil etilib, ularda har xil turdagi anvoyi gullar ham ochiq, ham yopiq usulda yetishtirila bosh langan.
Gul o‘simliklarini ko‘paytirish jarayonida ular ikki guruhga bo‘linadi. Ochiq yer maydonlarida o‘sib rivojlanuvchi va yopiq joylarda o‘suvchi gul turlariga bo‘linadi. Ochiq joyda o‘suvchi gullar, o‘z navbatida, quyidagi guruhlarga ajratiladi:
-bir yillik manzarali gul o‘simliklari; -ikki yillik manzarali gul o‘simliklari; -ko‘p yillik manzarali gul o‘simliklari.
Bir mavsum davomida o‘zining manzarali ko‘rinishini na-moyon qiluvchi, o‘z davrida pishgan urug‘lar beruvchi va o‘suvchi o‘simliklar bir yilliklar deyiladi.
107
Bir yillik o‘simliklar ekilgan vaqti va gullash muddatlariga ko‘ra uch guruhga bo'linadi:
ekilgandan 8-9 haftadan keyin gullovchilar. Bu turlarga chinnigul, allissum, xitoy chinniguli, kosmeya, kalendula va boshqalar kiradi;
tuproqqa ekilgandan 10-12 haftadan so‘ng gullovchilar. Bu turlarga qo‘qongul, godensiya, rezeda, silena va boshqalar mansub;
10.1-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishda shoyi gullardan foydalanish.
ekilgandan 13-14 haftadan so‘ng gullovchi gul turlar floks, tinniya, lobeliya, duxobali petuniya, salviya va boshqa bir nccha turlardan iborat bo‘ladi.
Barcha bir yillik gul o‘simliklari ko‘kalamzor hududlarda foydalanilishi bo‘yicha bir necha guruhlarga bo‘linadi:
1. Chiroyli gullovchi bir yillik gul o'simliklaridan turli xil ko'rinishdagi gulli kompozitsiyalami; klumbalar, rabatkalar, miksborderlar, guruh holida ekish va kesish ishlarini bajarish uchun keng foydalaniladi. Ulaming ko‘pchilik qismi gullash davrining davomiyligi, gullarining yoki gulbarglarining yorqinligi bilan nafis ko‘rinish namoyon etadi.
Chirmashib o‘suvchilar-vertikal ko‘kalamzorlashtirish uchun devorlar, ayvonlar, ishkomlar, ravoqlar, piramidalar, ustunlar, naqshinkor panjaralar va hokazolarda keng foydala niladi. Barcha chirmashuvchi bir yilliklar faqat yuqori agrotexnikada - chuqur yumshatilgan tuproqda, yetarli miqdor-da o‘g‘itlar solinganda, uzluksiz sug'orilganda, kesib parvarish-langanda yaxshi o‘sib rivojlanadi va gullay boshlaydi. Ularga quyidagilar kiradi: vyunok (qirmizi ipomeya), klematis, limonnik, aktinidiya, nastursiya, kobeya, dolixos, azarina va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |