Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishda turli rangdagi lolalardan foydalanish



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə46/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

10.5-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishda turli rangdagi lolalardan foydalanish.

112

Barcha ko‘p yillik o‘simliklar gul kurtaklarini namoyon qilishi bo‘yicha to‘rt guruhga bo‘linadi:



  1. o‘simliklaming gul organlari keyingi yilda gullash uchun yoz faslida namoyon qiladi (nargis, lola turkumi);

  2. gul organlari keyingi bahor faslida gullashi uchun kuzda hosil bo‘ladi (pion, shoyi gul, primula, badan, arabis va boshqalar);




  1. o‘simlikning shu yilda gullashi uchun bahor faslida hosil bo‘ladi (delfmum, lyupin, axilley, Alp qo‘qongul va boshqalar);

    1. shu yilda gullashi uchun g‘unchalar o‘simliklarda yozda hosil bo‘ladi (astilba, solidago, bo‘ronsimon flokslar, gelenium).

Ko‘kalamzorlashtirishda turli xildagi gul o‘simliklarining havo harorati va yorug‘likka bo'lgan munosabatini ham bilib borishimiz kerak. Barcha ko‘p yillik o‘simliklar yorug‘likka bo‘lgan munosabati bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


1. Ko‘p yillik yorug‘sevar gul o‘simliklari: qo‘qongullar, floks, yupqa bargli pion, lola turkumi. Ko‘kalamzor hududlarda ular quyosh bemalol tegib turgan ochiq yer maydonlarida ekib har xil kompozitsiyalar namoyon qilinadi.


2. Soyaga chidamli gul o‘simliklari: primula, xushbo‘y va shoxdor binafsha, astilba, gulsapsar unchalik quyuq bo‘lmagan soya joyda va yoyilib turuvchi yorug‘likda yaxshi o‘sadi.


10.6-rasm. Soyada o‘suvchi liliya suv gullari.



113

  1. Soyasevar gul o‘simliklari: tobulg‘a (spiriya), paporot nik, marvaridgullami daraxt va butalar tagidagi soya, quyosh nurlari kuchsiz o‘tuvchi yer maydonlarida joylashtirish mumkin.


10.7-rasm. Maysazorda butasimon tobulg‘aning oppoq gullari.

Ko‘p yillik gul o‘simliklarining tabiiy sharoitga bog‘liqligi ulaming tuproqqa bo‘lgan munosabatidan iboratdir. Bu o‘sim-liklami tuproqqa munosabati bo‘yicha uch guruhga bo‘lish mumkin:





  1. Ozuqa moddalari kam bo‘lgan tuproqlarda o‘sib-rivojla-nuvchi o‘simliklar: past bo‘yli gulsapsar, sedum va boshqalar.

  2. Unumdorligi o‘rtacha bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘suvchi gulli o‘simliklar: qo‘qongul, gipsofilla, delfinium, bog‘ va Sibir gulsapsari, lyupin, boychechak va boshqalar.




  1. Yuqori unumdor tuproqlarda yaxshi о‘sib rivojlanuvchi gul o‘simliklar: giatint, krokus, marvaridgul, liliya, nargis, pion, lola, xrizantema va boshqalar.




Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin