Oddiy bagryannik (Cyercis siliguastrum L)
Dukkakdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Bo‘yi vatanida 8-10 m gacha yetadi, tanasi notekis, ko‘pincha, qiyshiq daraxt Barglari yarim doira shaklida, uzunligi 5-8 sm, eni 7-12 sm, yuqori qismi yashil rangli, pastki qismi to‘q yashil o‘simlik. Gullari pushti, to‘q qizil rangli, uzunligi 1,8-2 sm, novdalarida dasta shaklida joylashgan, hidsiz. Barglari ochilmasdan bu ham mart-aprel oyla rida gullaydi. Mevasi jigarrang, dukkagi butun qish davomida daraxtda qoladi. Nisbatan sekin o‘sadi. Qurg‘oqchilikka juda chi damli tur. Uning to‘q yashil barglari jazirama issiqda ham o‘zining ko‘rinishini yaxshi saqlaydi.
Tuproqqa talabchan emas. Quruq toshloq, hatto, ohakli tuproq-larda ham yaxshi o‘sadi. Sovuqqa chidamli. Nektarga boy Janubiy Yevropa va G‘arbiy Osiyoda tabiiy holda o‘sadi. Markaziy Osiyo-
120
da Tyan-Shan tog‘larining g‘arbiy qismida, Pomir, Oloy va Kopet tog‘da o‘sadi.
Oq gulli shakllari (f. alba West) uchraydi. Yuqori manzarali si fatlari erta bahorda qizg‘ish rangda gullaydi. Barglari to‘q yashil, parvarishga muhtoj emas. Qurg‘oqchilikka juda bar-doshli tur. Ko‘kalamzorlashtirish sohasida keng foydalanish inumkin.
Oq akas (Robinia pseudoacacia)
Balandligi yaxshi tuproq sharoitida 25-30 m gacha yetadigan, shox-shabbasi siyrak, barglari navbatma-navbat joylashgan, juftsiz, patsimon tuzilgan yaproq bargli daraxt aprelda barg yoya boshlaydi. Barglari kech kuzda, oktabming oxirida to‘kila boshlaydi.
Gulchalari oq, juda xushbo‘y, uzunligi 1,5-2 sm, qalin egilgan panjalarda uzunligi 10-20 sm. Aprel oyining oxiridan may oyining oxirigacha gullab turadi. Ayrim vaqtda yoz laslining oxirida, odatda, kuchsiz ravishda ikkinchi marta gullaydi. Tuproq-grunti sharoitlariga talabchan emas, har qanday tuproqda, hatto, o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda, ()‘zbekistonning dasht, yarim dasht va cho‘l mintaqalarida ham bemalol o‘saveradi. Kuchsiz tuproqlarda ham havodagi azotni o'zlashtirib bemalol o‘sa oladi. Ohak moddasi bo‘lgan qumoq tuproqlarda yaxshiroq o‘sadi.
Oq akas qurg‘oqchilikka chidamli, yorug‘sevar, ammo bot-qoqlikda yaxshi o‘smaydi. Shahar sharoitlarida (chang, tuz, tutun) oq akas bemalol o‘sadi, hatto, gazlar bilan kuchli /ararlansa ham oq akas o‘zini tezda tutib oladi. Oq akasdan bugungi kunda mamlakatimizning aholi yashash hududlarida shahar va qishloqlarimizda ko‘kalamzorlashtirishda keng foyda-lanilmoqda, bu sohada qimmatbaho manzarali daraxt hisoblana di.
Aholi hududlarini ko‘kalamzorlashtirishda ko‘chatlar atrofida, shuningdek, qishloq xo‘jalik ekinzorlari atrofida ihota daraxtzorlari barpo etishda, avtomobil yo‘llari bo‘yida himoya daraxtzorlari barpo etishda keng foydalaniladi.
121
Ushbu oq akas daraxti tabiiy holda Shimoliy Amerikaning Appalach tog‘lari yon qiyaliklarida o‘sib rivojlangan. Markaziy Osiyoning ko‘pgina hududlarida ushbu daraxt turi sun’iy daraxtzor sifatida barpo etilgan.
Yer balandligi bo‘yicha, ba’zan, 25-32 metrgacha ko‘tariladi. Diametri esa 100-120 sm gacha boradi. Ushbu daraxt dengiz sathidan 1800-2000 m balandlikkacha o‘sadi (Rat-kovskiy, 1949, Kocherga, Gaiaktinov, 1970).
Farg‘ona viloyatining Shohimardon shahrida oq akas daraxti 2120 m balandlikda, Samarqand viloyatining Omonqo‘ton tog‘ yon bag‘rida 1800-2000 m, shuningdek, Toshkent viloyatining Chotqol tog‘ vodiylarida 2100 m, 1300-1500 m da Chirchiq o‘rmon xo‘jaligining Oqtosh va Chimyon o‘rmonchilik bo‘limlarida ham uchraydi. Toshkent sharoitida oq akas darax-tining 35 yoshlisining diametri 36 sm ga yetgan. 75 yoshdagi oq akas daraxti 34 m balandlikka va 110 sm diametrga ega bo'lgan.
Oq akas - dukkakdoshlar oilasiga mansub tez o‘suvchi yorug‘ sevar, qurg‘oqchilikka chidamli, tuproq tanlamaydigan, bo‘yi 35 m gacha boradigan ajoyib manzarali yog‘ochbop daraxt. Urug‘i, ildizi va novdasi, shuningdek, to‘nkasidan ham ko‘payadigan daraxt. Vatanimizda ihota, himoya va ko‘kalamzorlashtirish sohalarida keng foydalaniladi.
Agar uning ko‘chati o‘z vaqtida 10-12 marotabagacha sug‘orib turilsa, bir yilda balandligi 2,5 m, diametri esa 4-5 sm gacha boradi. Oq akas sho'rga chidamli daraxt hisoblanadi. 4-5 yoshidan mevaga kiradi, aprel oyi oxiri-may oyida gullay boshlaydi. Ildizi yer qa’riga juda chuqur, ba’zan 15 m gacha boradigan, juda baquvvat, manzarali, yaproq bargli daraxt. Uning yog'ochi ancha mustahkam bo‘lib, qurilish sanoatida, kemasozlik sanoatida, parket yasashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |