Kashtan bargli eman (Quyercus castaneifolia)
Ushbu daraxtning balandligi 30 m gacha yetadi, shox-shabbasi keng, rivojlangan bo‘ladi. Barglari kashtanning bargini eslatadi, barglarining uzunligi 10 - 18 sm gacha, cho‘zinchoq elliptikdan sharsimon shaklgacha, yirik o‘tkir uchburchaksimon tishchali. Sovuqqa chidamliligi o‘rtacha. Qurg‘oqchilikka yetarli darajada chidamli emas. Chiroyli, o‘ta manzarali daraxtlardan biri. Tanasi tekis, shox-shabbasi keng. Toshkent shahrida markaziy univermag atrofida, Bobur nomli istirohat bog‘ida, ToshDAU da va boshqa hududlami ko£kalamzorlashtirishda keng foydalanilgan sersoya daraxt. Yosh novdalari, kurtaklari va barglarining orqa tomoni sarg‘ish-kulrang qalin tuk bilan qoplangan. Barglari doim yashil saqlanadi, oddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi, oval yoki cho‘ziq-tuxumsimon, cheti o‘tkir tishchali, yuz tomoni to‘q yashil, yaltiroq, orqa tomoni qalin tukli. Yong‘oqlari 1-3 tadan bo‘lib, kalta bandli, birinchi yili yetiladi. May oyidan boshlab yozning o‘rtalarigacha gullaydi. Kuzda ikkinchi marta gullaydi. Shuning uchun bir tup daraxtda har xil muddatda yetiladigan yong‘oqlami ko‘rish mumkin.
Po‘kakli emanning yong‘og‘i tez ko‘karib chiqadi. Niholi original tuzilishi bilan boshqalardan farq qiladi Bu naycha yer tagida 20-30 sm gacha o‘sadi, so‘ng undagi kurtak una boshlaydi va yer ustiga boshlang‘ich poya chiqadi, ildiz otadi.
124
IVkakli eman 0 ‘rtayer dengizining g‘arbiy sohillarida va Janu-biy Yevropada: Fransiyada, Ispaniyada, Portugaliyada, Italiyada, Shimoliy Afrikaning janubiy hududlarida tarqalgan. MDH da Kavkaz va Qrimning subtropik rayonlarida ekiladi.
Po'kakli eman issiqsevar, yorug‘sevar o‘simlik, sovuqqa chidamsiz, -15-17 °S sovuqdan zararlanadi. Nam va ohakli yerlarda yaxshi o‘sadi. Quruq tuproqda ham o‘sa oladi. Uning po‘stlog‘idan po‘kak olinadi. Bu emanni shimoliy rayonlarga introduksiya qilish katta ahamiyatga ega.Undan ko‘kalamzor hududlar barpo etishda keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |