129
11.4-rasm. Manzarali zarang daraxtidan ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish.
Virgin archasi (Iunipyerus virginiana L)
Balandligi vatanida 30 m gacha, bizning sharoitimizda 12-15m gacha yetadigan, doim yashil, manzarali, nina bargli daraxt. 0 ‘sishining birinchi yillarida, nisbatan, sekin o‘sadi, keyinroq esa o‘sishi tezlashadi. Issiqqa, qurg‘oqchilikka va soyaga chi damli tur. Tuproqqa kam talabchan: quruq, kam unumdor tup roqlarda, qumlarda, ohakli tuproqlarda va kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘sishi mumkin.
Chang va zararli gazlarga, shamolga va qoming yig‘ilib qo-lishiga chidamli. Shoxlariga ishlov berib har xil shakllar hosil qilish mumkin.
11.5-rasm. Maysazor fonidagi virgin archasining ko‘rinishi.
Zararkunandalar bilan kam zararlanadi. Urug‘lari, qalam-chalari payvandlash usuli bilan ko‘paytiriladi. Ildiz tuprog‘i bilan ko‘chirib ekilsa, yaxshi natija beradi. Yog‘ochi qimmat-baho, yumshoq, mustahkam, juda xushbo‘y. Uning yog‘ochidan qalam tayyorlanadi. Shuning uchun ham uni ba’zan “Qalam daraxti” deb ham atashadi. Virgin archasi yaxshi sharoitda yuz yil va undan ham ko‘proq yashaydi. Tabiiy holda Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida o‘sadi. Shahar sharoitida qurg‘oq-chilikka va har xil gazlarga chidamli. Manzarali bog‘dorchilikda yashil hududlar barpo etishda keng foydalaniladi.
Sabina archasi (Iunipyerus Sabina L)
Ushbu turdagi doim yashil archa tabiiy holda G‘arbiy Ycvropada, Qrim, Kavkaz, Janubiy Ural, Sibir va Markaziy Osiyoda o‘sadi. Yorug‘sevar, ammo yengil soyada ham o‘sishi
131
mumkin. Qurg‘oqchilikka, tutun va har xil gazlarga chidamli tur. Tuproqqa unchalik talabchan emas. Toshloq, ohakli tuproqlarda, daryolar atrofida va ko‘chuvchi qumlarda ham bemalol o‘sa oladi.
Dostları ilə paylaş: |