11.6-rasm. Sabina archasining umumiy ko‘rinisbi.
0 ‘zi o‘sib rivojlanayotgan joylarda novdasining ildiz otishi bilan tarqaladi. Ko‘chirib ekilgandan so‘ng tuproqning yuqori qismida joylashgan qalin mayda ildizlari rivojlanadi.
Urugiari va tanasining qalamchalari bilan yopiq gruntda ko'paytiriladi. Manzarali, noyob, nina bargli buta. Ko‘kalamzor-lashtirishda qiyalik joylarda va terassali maydonlarda keng foydalaniladi.
Doim yashil sarv (Cupressus sempyervirens L) Balandligi vatanida 25-30 m, igna bargli barglari cho‘ziq
rombsimon. Xoch shaklida joylashgan, novdalari zich qisilgan. Urug‘lari qizg‘ish-qo‘ng‘ir; daraxt yoshligida tez o‘sadi, 3 yoshida uning bo‘yi l-2m, 50-60 yoshidan boshlab o‘sishi kamayadi. Tabiiy holda Kichik Osiyoning tog‘larida, Shimoliy Eronda, Kipr, Krit orollari atrofida tarqalgan. Soyaga chidamli tur. Qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli, doim yashil daraxt.
132
Tuproqqa kam talabchan, toshloq va ohakli tuproqlar bilan keli-sha olmaydi. Kuchli sho‘rlangan tuproqlarda o‘sa olmaydi.
11,7-rasm. Doim yashil sarv.
Shahar sharoitiga bemalol o‘sib rivojlana oladi. Uning shox-shabbalariga ishlov berib har xil shakllar hosil qilish mumkin. Yaqin Sharqda 2000 yilgacha umr ko‘rgan daraxtlari mavjudligi to‘glrisida ma’lumotlar bor. Janubiy Yevropada 500 yilgacha yashagan turlari uchragan. Juda erta meva hosil qiladi (5-6 yosh-dan). Urug‘lari 5-6 yil davomida o‘zining hayotiy xususiyatlarmi yo‘qotmaydi. Yog‘ochi yaxshi, yumshoq, yengil va juda xushbo‘y. Yerda va suvda ko‘p yil davomida chirimaydi, hasharot va zararkunandalarga chidamli. Mebel sanoati uchun juda qimmatli yog‘och hisoblanadi. Ko‘kalamzor hududlar barpo qilishda keng foydalaniladi.
133
Sharq biotasi (Biota orientalis Endl) Qurg‘oqchilik yer maydonlariga chidamli bo‘lgan sharq bio-
tasining vatani - Xitoyning shimoliy qismi. Unchalik uzoq bo‘lmagan davrdan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarida ko‘kalamzorlashtirish sohasida keng foydalaniladi. Bir uyli butasimon ushbu daraxt vatanida 16-18 m gacha, bizning sharoitimizda esa 6-8 mga yetadi. Shox-shabbasi pirami-dasimon, po‘sti och jigarrang, ba’zan to‘q kulrang, barglari och yashil bo‘lib, g‘uddasi ikkinchi yili yetiladi. Qadimda dehqonlar o‘z bog‘lari atrofida ekkan. Gullaridan so‘ng sentabr oyida g‘uddasi tayyor bo‘ladi.
G‘uddasidan 15-20 % urug‘ chiqadi. 1000 dona urug‘ining og‘irligi 20 gr bo‘ladi. Sharq biotasi issiqqa va qurg‘oqchilikka o‘ta chidamli bo‘lib, mamlakatimizning har qanday hududida ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. 0 ‘z vaqtida sug‘orib borilsa, juda tez o‘sadi. Agar uning shox-shabbalari qaychi bilan kesilib, o‘z vaqtida shakl berilsa, ajoyib manzara namoyon etadi.
Dostları ilə paylaş: |