Yapon saforasi (Sophora japonica L)
Barglari to'kiladigan, balandligi 15-25 m gacha ko‘tari-ladigan, tanasi to‘gri shaklli, novdalari yoyilib ketgan, oq akasnikiga nisbatan qalinroq, dumaloq, shox-shabbalari manzarali daraxt. Gulchalarining uzunligi 1-1.5 sm, sariq yoki
122
yashil-oqish rangda, xushbo‘y, keng supurgi shaklida yig‘ilgan, u/unligi 15-30 sm. Iyundan avgustgacha gullaydi. Mevalari tasbehsimon dukkakli, uzunligi 5-8 sm, yashil rangli, tez o‘suvchi daraxt, soya joylarga yetarli darajada chidamli, shahar sharoitida juda yaxshi o‘sadi. Gullash va mevaga 5-7 yoshidan boshlab o‘tadi. Qimmatli qog‘oz beradi. Gullari va dukkaklaridan qimmatbaho rutin moddasi olinadi. Vatani - Yaponiya, Xitoy.
Ko‘kalamzor hududlarda to‘q yashil, qalin shox-shabbalari bilan juda ham chiroyli manzara namoyon etadi. Osilib turgan yashil, tasbehsimon dukkaklari chiroyiga chiroy qo‘shadi. Ular daraxtni qish faslida ham bezaydi.
Shu sababli uning shox-shabbalari uzoqdan bahorgi yashil libosni eslatadi. Ushbu manzarali yaproq bargli daraxt turidan bugungi kunda mamlakatimiz shaharlarining diqqatga sazovor joylarida, istirohat bog‘larida, yodgorliklar, xiyobonlar, avto-mobil yo'llari bo‘yida, o‘quv maskanlari, shifoxonalar va sport inshootlari atrofida o‘ta ko‘rkam kompozitsiyaga ega bo‘lgan yashil daraxtzorlar barpo qilingan va qilinmoqda.
Yozgi eman (Quyercusrobur L)
Balandligi 30-40 m gacha boradigan yirik daraxt. Tanasining po‘sti 40 yoshgacha silliq, sariq ko‘kimtir rangda; keyinroq kulrang, bo‘z, deyarli qora tusda bo£ladi. Barglari novdaning uch qismida to‘p-to‘p bo‘lib, navbatma-navbat joy lashgan, pasti qalin, cho‘zinchoq teskari tuxumsimon, uzunligi 5-15 sm, oxirida o‘tmas cho‘zilgan parraksimon. Ushbu yirik manzarali daraxt may oyining ikkinchi yarmida barglrini yoyishi bilan bir vaqtda gullaydi, 40 yoshdan boshlab gullab meva bera boshlaydi. (kamdan-kam holda 20 yoshdan)
Toshkent shahrida ko‘kalamzorlashtirishda uning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
Piramidasimon shakli - F. Fastigiata. Yuqoriga qa tikka o‘sadigan novdali; ular tor ustunsimon shox-shabbani tashkil etadi.
123
Shox-shabbalari pastga qarab o‘suvchi shakli - F. Fendula.
Shox-shabbasining sharsimon shakli - F. Umbraculifyera hort. - bir tekis sharsimon shox-shabbaga ega.
Ushbu manzarali daraxt Toshkent shahrining markaziy hududi bo‘lgan shimoliy vokzaldan boshlab, Amir Temur xiyoboni atrofigacha, “Boialar dunyosi” mavzesidan “Dedeman” mehmonxonasi yo‘nalishida, 0 ‘rdadan boshlab to Hadra maydonigacha va “Boialar dunyosi” yo‘nalishidan to Falsafa ilmgohi yo‘nalishigacha o‘zining manzarali ko‘rinishini namoyon etib turibdi.
Dostları ilə paylaş: |