Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm. Chiroyli gullovchi va ko‘p yillik gul o‘simliklari



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə45/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

10.2-rasm. Chiroyli gullovchi va ko‘p yillik gul o‘simliklari.



109




    1. Quruq gullar turkumi gulbarg bargchalari quruq va yorqin ranglidir. Bu o‘simliklaming katta qismidan qishki mavsumda foydalaniladi. Bular akroklinium, o‘lmaso‘t, gomofrena, kyennek, rodante va boshqalardan iborat.




  1. Gilam hosil qiluvchi gul o‘simliklari - ko'kalamzor hududlar barpo etishda o‘ta ko‘rkam ko‘rinishdagi kompozitsiya yaratishda keng foydalaniladigan manzarali o‘simlik turlari. Bularga gullaydigan bir, ikki va ko‘p yillik barcha gul turlari kiradi. Klumbalar, rabatkalar va gulzorlar barpo etiladi.


10.3-rasm. Chirmashib o‘suvchi o‘simliklar bilan yashil


kompozitsiyalar barpo etish.



  1. Bargli manzarali o‘simliklar: amarant, yozgi kipari lavatyera, lebeda, paslen, pyerilla, tenenariya, maritima, exev-yeriya, yermon va boshqalar. Kichik guruhlar va yagona ko‘ri-nishda ekish uchun qo‘llaniladi.

Doim yashil o‘simliklar juda oson kesiladi, bu esa undan turli shakldagi past bo‘yli manzarali to‘siqlar yoki soliterlar barpo etishda qo‘l keladi.


Yuqorida keltirilgan gul turlaridan ko‘kalamzor hududlarda manzarali yaproq va nina bargli daraxt hamda butalar bilan har





110

xil turdagi yashil jonli kompozitsiyalar barpo etishda butun lasllar bo‘yi foydalanib kelinadi.

Yetishtirishning ikkinchi yilidan foydalaniladigan manzarali o'simliklarga ikki yillik o‘simliklar deb aytiladi, ya’ni ikki yillik o'simliklar urug‘i bahorda yoki yoz faslining boshlarida ekilib, kcyingi yil gul hosil qiluvchi о‘simliklar hisoblanadi.


*

10.4-rasm. Manzarali oltin yomg‘ir daraxtining urnumiy ko‘rinishi.


Ko‘kalamzor hududlar barpo etishda foydalaniladigan ikki yillik o‘simliklaming quyidagi turlari mavjud: viola, uch rangli binafsha - biologik xususiyatlariga ko‘ra ko‘p yillik o‘simlik, ammo ko‘kalamzorlashtmshda ikki yillik, ayrim hollarda esa bir yillik gul sifatida ishlatiladi.


Grenadin chinniguli - biologik xususiyatiga ko'ra ko‘p yillik gul o‘simligi, ammo ko‘kalamzorlashtirishda ikki yillik





i l l

o‘simlik sifatida foydalaniladi. U Gollandiya chinnigullilar oilasiga kiradi. Shuningdek, gulpopuk, qo‘ng‘iroqgul (kampa-nula), margaritka, malva, nezabudka va boshqa bir necha turlardan iborat.

Ko'kalamzorlashtirishda ko‘p yillik o‘simlik sifatida chiroy­ li gullovchi o‘tsimonlar yoki bir yerda o‘sib, bir necha yillar davomida o‘z chiroyini yo‘qotmaydigan o‘ta manzarali bargli o‘simliklar tushuniladi. Ko‘p yilliklarning katta qismini ko‘p gullovchi o‘simliklar tashkil etadi. Ko‘p yillik gul o‘simliklar hayotining 2-3-yillarida manzarali ko'rinish namoyon qiladi va ko‘p yillar saqlanib turadi.





Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin