Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə11/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

27



UCHINCHI BO LIM



  1. bob. Bog‘-park qurilishida yo‘l va maydonchalar barpo etish

Bog‘-park qurilish ishlarida asosiy konstruktiv elementlar - yo‘lakchalar qurish, maydonchalar, maysazorlar, gulzorlar barpo etish, shuningdek, manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini o‘tqa-zishda quyidagi asosiy tayyorgarlik ishlari bajariladi: ajratilgan yer maydonlarini joylarda o‘rganib chiqish, ko‘kalamzor-lashtirilayotgan hududlami himoyalash va hokazolar.


Bog‘-parklarda yo‘l va maydonchalar qurish, asosan, bog‘da harakatlanayotgan texnika vositalari va piyoda yuruvchi yo‘lov-chilar, shuningdek, sayr-tomosha qiluvchilar uchun rejalashti-riladi.


Ushbu yo‘l va yo‘lakchalar bog‘ga tashrif buyurganlarning bog‘ning har bir elementiga yetib borishi uchun zarur bo‘ladi. Bu bog‘ elementlari, asosan, sayr etib yuruvchilar yo‘laklari, dam oluvchilaming tinch, sokin manzillari bo‘lgan besedkalar, sport o‘yingohlari maydonchalari va hokazolar.




3.1-rasm. Bog‘ga tashrif buyuruvchilaming


sayr qilishi uchun yo‘laJclar qurish.



28

Yo‘l va yo‘lakchalar bog‘-park umumiy yer maydonining 5-25% ini tashkil etadi.


Bog‘da yo‘l va yo‘lakchalardan foydalanish besh sinfga bo‘linadi:




Birinchi sinf asosiy magistral yo‘llar, yo‘lakchalar, alleya­ lar, ya’ni xiyobonlar bo‘lib, asosiy tashrif buyuruvchilar oqimi ushbu yo‘llarda harakatlanib sayr qiladi. Bu yo‘llaming eni 10-30 m gacha bo‘lib, ustki qismi qattiq holatda uzoq davom etadigan, chidamli konstruksiyadan iborat bo‘ladi.


Ikkinchi sinf ikkinchi darajali yo‘l va yo‘lakchalardan iborat bo‘lib, asosiy magistral yo‘l bilan bog‘ning boshqa elementlarini yo‘l va yo‘lakchalar orqali bog‘laydi, shuningdek, tashrif buyuruvchilarning bemalol sayr qilishiga sharoit yaratadi. Uning eni 4,5-10 m bo‘lib, yuza qismi to‘rt burchakli qattiq plitalardan iborat bo‘ladi.



Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin