6.5-rasm. Bog‘-parklardagi butasimon tobulg‘aning oppoq gullari.
shamoldan saqlash va hududni soya qilish uchun zich shox-shabbali o‘simliklar tanlanadi: kashtan, o‘tkir bargli zarang, oddiy qoraqarag‘ay, bandli eman, kam bargli jo‘ka va boshqalar.
0 ‘simliklar turkumini tanlashda o‘simlikning qurilish ele-mentlariga qarab arxitektura - badiiy xususiyati hisobga olinadi, ya’ni ulaming balandligi, shoxlaming shakli va barglaming tuzilishi. Awalambor, balandlik bo‘yicha farqni va turli daraxtlaming shox-shabbalari shaklining tuzilishini e’tiborga olish kerak.
Daraxtlar balandiligi bo‘yicha quyidagicha guruhlarga bo‘li-nadi:
birlamchi o‘lchamdagi daraxtlar - balandligi (25m d baland): oddiy qoraqarag‘ay, oddiy va Qrim qarag‘ayi, bandli eman, o‘tkir bargli zarang , yirik bargli jo‘ka (lipa), botqoq sarvi va lola daraxti;
54
6.6-rasm. Suv sathida mikroiqlim hosil qiluvchi majnuntol.
ikkinchi o‘lchamdagi daraxtlar (o‘rtacha 10 m dan 25 m gacha): tog‘ va Eldor qarag‘ayi, virgin archasi, oq tut, go'zal katalpa, soxta kashtan, dala zarangi, kashtan, qora olxa, Amerika shumtoli va boshqalar;
uchinchi o‘lchamdagi daraxtlar (past bo‘yli 10 m dan past): Kanada qoraqarag‘ayi, tatar zarangi, yapon saforasi, ipak akas, arg‘uvon, majnuntol, oddiy archa va boshqalar.
Manzarali-kompozitsion ko‘rinishini e’tiborga olib, 5 m dan past daraxtlami butalar bilan bir guruhga kiritish mumkin, ya’ni 0,5m dan 5m gacha balandlikka ega bo‘lgan (ingichka bargli jiyda, past bo‘yli yapon behisi va boshqalar).
Butalami balandligi bo‘yicha ham uch guruhga bo‘lish mumkin:
55
birinchi o‘lchamdagi butalar - baland (3-5 m.): do‘lana, Semyonov zarangi (klen), g‘arb va sharq biotasi, sariq akas, qora marjondaraxt, Ginnal zarangi, sadaqayrag‘och, oddiy kalina va boshqalar;
ikkinchi o‘lchamdagi butalar - o‘rtacha (1-3 m): biryu china, siren, beresklet va boshqalar;
uchinchi o‘lchamdagi butalar - past (0,5-1 m): Bumolda spireyasi, yapon spireyasi, lavanda va boshqalar.
Landshaft kompozitsiyalari farq qilish (kontrast) yoki nyu-ans tamoyili bo‘yicha shakllanadi. 0 ‘simliklar landshaft kompozitsiyasiga biologik, funksional va arxitektura-badiiy talab hisobidan qat’iy tanlanadi.
Landshaft dizaynning obyektlari shakllanishida ko‘proq quyidagi daraxt-butasimon guruhlar qo‘llaniladi: massivlar, landshaft guruhlari, yakka, (soliterlar), xiyobonga oid o‘simliklar, jonli devorlar, vertikal ko‘kalamzor hududlar, gulli bezaldar.
Massivlar - sezilarli darajadagi maydonlarda o‘sadigan, bir navli yoki ko‘p navli daraxtlar va butalaming qo‘shilishi. Mas sivlar, qoidaga ko‘ra, ajratadigan va himoya qiladigan funksi-yalami olib boradi, hududlami bo‘lishda, maskirovkalashda, dekorativ aktentlar fonini yaratishda tez o‘suvchi navlardan tanlab qo‘llaniladi (o‘tkir bargli zarang, emanlar, shumtollar, qoraqarag‘aylar va qarag‘aylar). Massivlar ikki turga ajratiladi: oddiy va murakkab.
Oddiy massivlar bir turdagi daraxt balandligi bilan umumiy dekorativ belgilardan iborat bo‘ladi. Bunday massiv oddiy shumtol, bandli va qizil eman, oddiy qarag‘ay, o‘tkir bargli zaranglardan (klen) tashkil topishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |