Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə22/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

Murakkab massiv daraxtlar balandligining har xilligi dekorativ sifatlari turlicha bo‘lishidan iborat. Ikki yarusli massiv quyidagicha turkumlashdan iborat bo‘lishi mumkin: birinchi yarusda qayin; oddiy qoraqarag‘ay ikkinchi yarusda; birinchi yarusda oddiy qarag‘ay; maydabargli jo‘ka ikkinchida; birinchi yarusda bandli eman va ikkinchi yarusda oddiy grab yetilmagan



56

marjon daraxti bilan beresklet. Massivda ekinlami zich o‘tqazishni hisoblaganda, har bir nusxa erkin shakllanishiga sharoit yaratish, ya’ni daraxtlami bir-biridan 4-8 m oralig‘ida joylashtirishdan kelib chiqish kerak.

Landshaft guruhlari - daraxtlar va butalardan erkin kompozitsiya. Daraxtsimon, butasimon va aralash guruhlarga ajratiladi. Guruh tarkibiga 2-3 dan 10-12 gacha bo‘lgan 0‘sim-liklar kiradi. Guruhlar konstrastli yoki bir navli, qalin yoki siyrak bo‘lishi mumkin. Guruhlami tuzishdagi keng imkoniyat-lar ulaming landshaft kompozitsiyasidagi asosiy elementlardan biri deb qabul qilinadi. Guruhlar tarkibi tuproqning tavsifi, o‘tlar qoplamasi va toza bo‘lishi, ya’ni bir navdan va aralash - bir necha navdan tuzilganligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Daraxtlami taqsimlash uslubi va navlarini tanlash bo‘yicha ular zich va siyrak (nafis) bo‘ladi. Siyrak guruhlar ko‘proq qayinlardan, zarang (klen) daraxtidan, tut daraxtidan va boshqalardan shakllanadi. Zich guruhlar, asosan, eman, kashtan va tikanli qoraqarag‘aylardan tarkib topadi. Guruhlarga toq sonli daraxtlami kirgizish va shaxmatli juft joylashtirishga ruxsat berilmaydi. Guruhlarda daraxtlar orasidagi masofa mayda materiallarda 1,5-2 m (keyinchalik yashashi bilan) va katta yoshda 3-4 m va 5-10 m. Guruhlarda daraxtlaming maqbul soni - 3 ta.


Rekreatsion maydonlarda buket guruhlari juda ham samaralidir. Bunday guruhlar bir necha daraxt tanalari (shumtol, terak, qayin, jo‘ka, kashtan, eman) chiroyli, zich shox-shabbalar-ning katta diametrini tashkil etadi va quyoshdan saqlovchi tabiiy soyabon bo‘lib hisoblanadi. Fazoviylikni jalb qilishda unchalik katta bo‘lmagan dam olish hududini tashkil etish “yopiq”likni his qilishni yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Soxta guruhlar mo‘ljallanmagan obyektlami bezatish uchun qo‘llanilishi mumkin (har xil mahsulot qoldiqlarini yig‘ish, avtomobillar to‘xtash joyi va boshqalar).


Soliter (fransuzchada “xilvat, yolg‘izlik” ma’nosini bildiradi) - massivdan yoki daraxtlardan alohida ekilgan daraxt,





57

buta. Soliter usulida biologik to‘laqon va dekorativ ma’nodor daraxtlar, ko‘rinishning maksimal xususiyatini aks ettirish, o‘zida ifoda etishi kerak. Soliterlami guruhlar yoki daraxtlar massivi, kichik me’moriy shakllar, o‘yingoh yaqiniga bevosita joylashtirishda, albatta, ushbu nusxa kontrast uyg‘unlikdan iborat bo‘lishiga intilish kerak.


Soliterlami joylashtirish usullari ham turlicha bo‘lishi mumkin. Yakka daraxtlar uncha katta bo‘lmagan o‘tloq markazida joylashtirilishi mumkin, bunday holda u zich shox-shabbalar bilan birinchi yoki ikkilamchi o‘lchamda bo‘lishi lozim (bular qayin, kashtan va boshqalar bo‘lishi mumkin). Daraxt keyin keladigan harakat to‘siqlariga yoki yo‘lning ayrilish joyi, ya’ni chorrahani ifodalashga xizmat qilishi mumkin. Yakka daraxtlaming juda ko‘p miqdorda bo‘lishi ulaming dekorativ ahamiyatini zaiflashtiradi. Daraxt tomosha-binga, kuzatuvchiga, bog‘-parklarga tashrif buyuruvchilarga qancha yaqin bo‘Isa, uning qidirib topadigan elementlari shunchalik ko‘p bo‘lishi kerak; daraxt tomoshabindan uzoq joylashsa, tanlashdagi e’tibor uning siluet tasviriga qaratilgan bo‘lishi kerak. Tomoshabin va yakka daraxtning oralig‘i, kam deganda, uning ikki balandligi masofasida bo‘lishi kerak. Uncha katta bo‘lmagan uchastkalarda qidirib topilgan detallaming maqsadli nusxalari: oddiy chetan, oq qayin, o‘tkir bargli zarang, qoraqarag‘ay va boshqalar.


Soliter o‘tkazmalar uchun butalar, odatda, shoxsiz poya shaklida foydalaniladi (oddiy siren, shumurt (cheremuxa), qor mevasi va boshqalar). Yakka o‘simliklar har qanday maydon-ning sokin dam olish siluetini yoki o‘yin maydonchasidagi shox-shabbalaming original shaklini boyitadi (kashtan, tikanli qoraqarag‘ay, sadaqayrag‘och) yoki muayyan kayfiyatni yaratishga imkon tug‘diradi (o‘yin maydonchasiga kiraverish-dagi kumush zarang, dam olish maydonchasidagi dekorativ basseyn oldidagi shoxlari pastga egilgan majnuntol).


Xiyobon o‘simliklari turlari har qanday fazoviylikni rejalash tizimini aniqlashda, piyodalar uchun yo‘lkalar va xiyobon-





58

laming turli hududlarini bog‘lash uchun loyihalashda qo‘llaniladi.
Xiyobonlami quyidagi tartibda ajratish kerak: ahamiyatli rejalashtirish elementlarini bog‘lovchi; asosiylari - turli belgilangan maqsadli maydonlami o‘zaro birlashtimvchi; ikkinchi darajali - turli-tuman kirishga olib boruvchi; dekorativ



  • uncha katta bo‘lmagan dam olish uchastkalarida kichik bir hududni tashkil etish. Xiyobonlaming kengligi ulaming funksional vazifasiga qarab, piyodalar oqimining intensivligiga va 0,75 dan 3,5 m. gacha o‘zgarib turishiga bog‘liq.

Asosiy xiyobonlarga yashil ekinlami o‘tqazish, qoidaga ko‘ra, muntazam uslubda loyihalanadi. Asosiy va ikkinchi dara­ jali xiyobonlami ko‘kalamzorlashtirishda muntazam, aralash va erkin uslublardan foydalanish mumkin. Epizodik (voqea, hodisa) harakat uchun mo‘ljallangan xiyobonlar, ko‘proq landshaft uslubida loyihalanadi. Xiyobonlar uchun o‘tqaziladigan daraxtlaming tanasi bir tekis, to‘g‘ri va rostlangan shox-shabbaga ega bo‘lishi kerak. Agar asosiy xiyobonning cho‘zilishi 200 m bo‘lsa, tekis qatlamda maqsadli, daraxtlar ikki tomonlama o‘tkaziladi (jo‘ka, chinor, zarang, kashtan, terak va boshqa daraxtlar). Agar xiyobonning uzunligi 300-600 m va uni tez-tez ikkinchi darajali yo‘llar kesib o‘tsa, har doim bir xil qatorlab o‘tqazilgan joylaming zaiflashib ketganini ta’kidlab ko‘rsatish kerak.




Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin