6.22-rasm. Maysazor va yo‘laklar atrofida yashil
kompozitsiyalar barpo qilish.
75
Yosh ko‘chatlarga nisbatan katta yoshdagi daraxt ko‘chat-larining tutib ketishi ancha mushkulroq. Ko‘chatxonadan kovla-nayotgan ko‘chatlami ildiz tuprog‘i bilan olishda o‘zining max-sus o‘lchami bor. Uning o‘lchami daraxt turiga, ildiz tizimining tuzilishiga va ko‘chirish vaqtiga ham bog‘liq. Shuningdek, daraxtning 1,3 metr balandlikdagi diametriga ham bog‘liq. Dia metri 4,5 sm dan boshlanadi, ulaming komi 1,0x1,0x6 m dan iborat bo‘ladi. Ko‘chatlami ildizi bilan ko‘chirishda uning ildiz tizimi maxsus yashiklarda, selofanli qoplarda tezda olib ko‘chirib ekiladi. 0 ‘z vaqtida parvarishlash ishlarini olib borib, katta yoshdagi ko‘chatlami saqlab qolsak, ular tezda ko‘zga tashlanadi va ko‘rkam kompozitsiya bera oladi. Manzarali ko‘chatlami turlari bo‘yicha ekishda ekish sxemasida qanday o‘simlik turi bilan bilan ekish ko‘rsatiladi. Masalan: guruhga olib, qatorga olib yoki biror-bir kompozitsiya shakllantirishda. Lekin bog‘-parklardami yoki xiyobonlardami, doimo manzarali o‘simlik dunyosini parvarishlab borish kerak bo‘ladi.
6.23-rasm. Parvarishlangan daraxtzorlardagi so‘limxiyobon.
Manzarali daraxtzorlami parvarishlash, kesish ishlarining quyidagi turlari mavjud:
76
- daraxtzorlar ichiga yorug‘lik tushirish, yosh daraxtlarda to-zalash ishlarini o'tkazish, daraxtlaming yaxshi o‘sib, rivojlanib, shaklga ega bo‘lishidagi kesishlar;
bog‘-parklarda manzarali o‘simliklaming manzarali, sanitar-gigiyenik, estetik va boshqa bir nechta foydali xusu-siyatlarini ko‘tarish maqsadida;
daraxtzorlaming turlari bo‘yicha tarkibini yaxshilash;
daraxtzorlaming chidamlilik va sifatini oshirish;
daraxtzorlaming tozalik jihatidan xususiyatini oshirish;
daraxtzorlaming hosildorlik xususiyatlarini oshirish;
daraxtzorlaming manzarali xususiyatini oshirish. Yorug‘lik tushirishdan asosiy maqsad - daraxtzorlar
tarkibini yaxshilash va asosiy daraxt turlari rivojlanishiga sharoit yaratish.
Daraxtzorlarda tozalash ishlarini o‘tkazish - asosiy daraxt turlarining ma’lum maydonda joylashishi va o‘sib-rivojlanishiga sharoit yaratish.
Daraxtzorlarda kesish ishlarini o‘tkazish esa daraxt tanasi ning to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit barpo qilish va eng yaxshi daraxtlar shoxlarining o‘sib-rivojlanishiga asos bo‘ladi. Natijada manzarali daraxtlar ko‘rkam ko‘rinishga kelib qoladi.
Biz bog‘-parklarda har xil ko‘rinishdagi kompozitsiyalami joyiga qarab yaratishimiz mumkin. Masalan, parklarda tog‘li kompozitsiyalami suvlar atrofida yoki ochiq joyda barpo qilish juda og‘ir jarayon bo‘lib, kompozitsiya barpo qilishdagi ko‘pchilik materiallar boshqa joylardan olib kelinadi. Masalan, har xil o‘lcham va ko‘rinishdagi marmar yoki daryo toshlarining bo‘laklari, qiyoqsimon o‘simliklar va hokazolar. Bunday og‘ir va nozik ishlami bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda, ish jarayoni bajariladi. Ajoyib landshaftga ega bo‘lgan tog‘li kompozitsiyalami barpo qilishda ishni shunday bajarish kerakki, barpo qilingan kompozitsion hudud bog‘-parklarda uzoq yillar xizmat qilsin.
Dostları ilə paylaş: |