Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


6.17-rasm. Tog‘li o‘simliklar dizayni



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə28/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

70



6.17-rasm. Tog‘li o‘simliklar dizayni.

Toshli devor - toshlar va gullardan iborat landshaft kompo-zitsiyasi. Ko‘pincha, u qiyaliklar yoki peshayvonlami bezatishga xizmat qiladi. Uning landshaft bezagida, asosan, ampel o‘simliklaridan foydalaniladi.




Manzarali o‘simliklar yordamida turli shakllarda kompozitsiyalar yaratish

Bog‘-parklar barpo etishning eng muhim omillaridan biri ko‘kalamzor hududlar barpo etishdir. Bu ishlar bog‘-parklar barpo qilishda qattiq nazorat etilgan holda, maxsus tuzilgan dendroreja asosida olib boriladi. Har xil turdagi manzarali o‘simliklardan bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun turli xil ko‘rinishdagi kompozitsiyalar yaratiladi. Yaproq va nina bargli daraxtlami qatorga olib, soliter usulida yoki yaproq va nina bargli daraxtlami guruhga olib kompozitsiya yaratish, doim yashil o‘simliklardan foydalanib klumbalar va rabatkalar tuzish, ularda yashil, shuningdek, butasimon o‘simliklardan foydalanish asosida bog‘-parklarda nafis ko‘rinishdagi jonli landshaftlar, kompozitsiyalar yaratiladi. Ba’zan yashil o‘simlik dunyosidan





71

hayvonot va qushlar olamining jozibador ramziy ko‘rinishlari yaratiladi.


Yuqoridagi ishlarni o‘z o‘mida, sifatli bajarishda eng asosiy omillardan bin manzarali o‘simliklami vaqtidan kechiktir-masdan, bog‘-parklarda rejalashtirilgan joylarda ekib borishdir.


Quyidagi suratda shoyi akas va kumushsimon bargli qora qarag‘ayning o‘zaro uyg‘unlashgan holdagi kompozitsiyasi ko‘rsatilgan.



6.18-rasm. Yaproq va nina bargli daraxtlaming


o‘zaro uyg‘unlashgan ko‘rinishi.
6.19-rasm. Yaproq va nina bargli daraxtlami


ekish usullarini chizmada tasvirlash.

72

Daraxt va buta ko‘chatlarini ekishning eng asosiy vaqti bahor va kuz fasllaridir. Bu vaqtda daraxt ko‘chatlari fiziologik o‘sish davridan anchagina to‘xtab turgan bo‘ladi. Erta bahorda ko‘chatlami ekish ba’zi daraxt turlari uchun yaxshi natija beradi. Chunki bu vaqtda ko‘chatlar biologik jihatdan o‘sishga tayyor turadi, tezda ildiz oladi. Shuning uchun ham ekilgandan so‘ng tez kurtak otib o‘sadi va ajoyib kompozitsiya hosil qiladi. Bular, asosan, o‘ta ko‘rkam ko‘rinishdagi yaproq bargli manzarali daraxtlar: kashtan, sadaqayrag‘och, yapon saforasi, yirik bargli jo‘ka, lola daraxti, piramidasimon eman, terak va boshqalar. Ko‘pchilik manzarali daraxtlami, iloji boricha, ildiz komi bilan ekish yaxshi natija beradi va tez o‘sib-rivojlanadi, tezda manzara beradi. Agar yaproq bargli daraxtlami barglarining tuzilishi va rangi bo‘yicha bog‘-park inshootlari atrofida simmetrik joylash-tirsak, yanada ajoyib kompozitsiya hosil qilamiz.


Bog‘-parklarda o‘ta manzarali arxitektura landshaftiga ega bo‘lgan zinapoyalar barpo etilgandan so‘ng ular atrofi yanada ko‘rkam boiishi uchun zinapoyalar hududida har xil turdagi yaproq nina bargli daraxt va buta turlaridan: soxta kashtan, sada-qayrag‘och, pisarda olxo‘risi, yapon behisi, samshit, gul turla­ ridan: sonya, burgon, qora marvarid, gerenada va boshqa o‘sim-lik turlari joylashtirilib boriladi.


%' ' 4 >............... *....... '..................





Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin