77
6.24-rasm. Bog‘-parklarda tog‘li sharsharalar
kompozitsiyasining ko‘rinishi.
Shuning uchun ham bunday kompozitsiyalar yaratishda ol dindan uning sxemasi chizib tayyorlanadi.
Istirohat bog‘larida manzarali daraxtzorlar chegaralarini shakllantirish, yosh daraxtlarda siyraklashtirish ishlarini olib borish bog‘larga tashrif buyuruvchilarga daraxtlami uzoqdan jozibador qilib ko‘rsatadi.
■ I
6.25-rasm. Heir xil qurilish materiallari va marmar bo‘laklaridan yo‘laklar barpo qilish hamda o‘simlik dunyosini joylashtirish.
78
6.26-rasm. Bog‘-parklarda manzarali tog‘li ko'rinishlar kompozitsiyasini yaratish.
Daraxtzorlar tarkibini shakllantirishda ulami asosiy va yor-daxnchi daraxt turlariga ajratish. Bu holda daraxtzoming asosiy turi daraxtlaming 50-70% idan kam bo‘lmasligi kerak. Ularga asosiy daraxt turlari va ulaming manzarali estetik xususiyatga ega bo‘lgan, ushbu sharoitga o‘sib-rivojlangan turlari kiradi.
Manzarali daraxtzorlar chegaralarini shakllantirish, yosh daraxtlarda siyraklashtirish ishlarini olib borish kerak. Nina bargli daraxt turlari ichida asosiy turlari qora qarag‘ay, mojjevelnik sinfi(archalar); yaproq bargli daraxt turlari ichidan yong‘oq, chinor, eman, qayin, qayrag‘och va boshqalar, yordamchi turlar: do‘lana, chetan (ryabina), oq akas, oq tut va boshqalar.
Daraxtzorlami shakllantirishda daraxtlaming quyidagi sinflari qo‘llaniladi: yaxshi daraxtlarga asosiy turlar, I-II sinfga mos bo‘lgani, bularga to‘g‘ri o‘sib-rivojlangan manzarali daraxt turlari kiradi. Bog‘-parklardagi manzarali yaproq va nina bargli daraxt turlariga o‘z vaqtida parvarishlash ishlari olib borilganda ular tez o‘sib-rivojlanadi va manzarali xususiyatlarini namoyon qiladi. Yordamchi daraxt turlariga baquwat, o‘zining o'sib-
79
rivojlanishi bilan asosiy daraxt turining o‘sishiga yordam beruvchi manzarali va chiroyli landshaft hosil qiluvchi turlar kiradi.
Keraksiz daraxtlarga qurigan, kasallangan va zararkunan-dalar bilan zararlangan, asosiy daraxt turining o‘sishiga xalaqit beruvchi, tanasi xunuk bo‘lgan va landshaft tarkibini buzuvchilar kiradi. Ushbu daraxtlar o‘z vaqtida kesib olib tashlanishi zarur. Chunki bog‘-parklarda bunday noo'xshov da raxt va butalar mavjud bo‘lsa, ular park hududidagi manzarali ko‘rinishni buzib ko‘rsatadi.
Shahar o‘rmonlarida kesishdan asosiy maqsad yuqori manzara beruvchi va sanitar ahamiyatga ega bo‘lgan daraxt turlarini shakllantirishdan iboratdir. Bog‘-parklarda yoritish uchun daraxtlaming shox-shabbasi bir-biriga yaqinlashganda va o‘sishdan orqada qolganda kesiladi. 0 ‘sishdan qolganlari, sovuqdan va tashqi ta’sirdan zararlanganlari olib tashlanadi. Doimo istirohat bog‘larida manzarali o‘simliklar o'rtasida monitoring olib borib ulami shakllantirish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |