82
6.30-rasm. Sher qiyofasini o‘t-o‘simlikIar orqali tasvirlash.
Nazorat savollari
Bog‘-park kompozitsiyalarining elementlari nimalar?
Bog‘da togii sharsharalar qurisb.
Hayvonot olami ramziy ko‘rinishlarini yaratishda o'simlik turlaridan foydalanish.
83
BESHINCHI BO‘LIM
VII bob. Bog‘-park inshootlari va bog‘Iarni zarur
bo‘Igan inventarlar bilan ta’minlash
Bog‘-park inshootlari va undagi mavjud inventarlar bog‘ga tashrif buyurganlarga o‘zining tashqi ko‘rinishi, estetikasi, landshafti va ko‘rkamligi bilan zavq-shavq baxsh etishi kerak. Ular shakli va konstruksiyasi bilan hamda atrofida barpo etilgan ko‘kalamzorlashtirilgan hududi bilan yanada uyg‘unlashgan bo‘lishi zarur. Ulaming shartli ko‘rinishi quyidagi turlarga bo‘linadi:
Kichik arxitektura ko‘rinishidagi shakli - bular bog‘da barpo etilgan muhandislik inshootlari bo‘lib, o‘zining estetik, badiiy pardoz va bezagi bilan tashrif buyurganlarga xizmat etadi.
Gidro va suv inshootlari - bular suv yo‘llaridan kom-pozitsion-landshafi ko‘rinishidagi fasad bo‘lib, o‘z vaqtida bular ham ajoyib salqinlik (fontanlar, hovuzlar), mikroiqlim hosil qiladi.
Bog‘ning badiiy-estetik ko‘rinishini namoyon qiladigan elementlari - asbob-uskunalar. Agar bular chiroyli qilib har xil yog‘och turlaridan va temir simlardan yasalgan bo‘lsa, tashrif buyuruvchilarga estetik zavq bag‘ishlaydi.
Yuqorida tartiblari ko‘rsatilgan qurilish inshootlari va zarur bo‘lgan inventarlar tarkibi, miqdori bog‘-park xo‘jaligining maydoniga, rejalashtirilgan loyihasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, yirik shaharlardagi bog‘, sayilgohlarda yuqorida nomlari qayd etilgan inshootlar va asbob-uskunalaming barchasi mavjud bo‘lishi kerak. Agar loyiha qishloq va ovullarga rejalashtirilgan bo‘lsa, unda inshootlar va asbob-uskunalar oddiyroq ko‘rinishda bo‘ladi. Agar park o‘rmonli hududlarda bo‘lsa, u holda ko‘proq inshootlar va inventarlar har xil yog‘och turlaridan ishlab chiqilib o‘matiladi, barpo etiladi.
|