84
7.1 -rasm. Parklarda faworalar qurish sxemalarini chizmada tasvirlash.
Muhandislik inshootlari. Bog‘-park zinapoyalari - bular eni И) ш dan yuqori bo‘lgan, bog‘dagi asosiy alleyalar va magistral yo‘lni tutashtiruvchi, atrofida gulzorlar va yorug‘lik beruvchi Ibnarlar o‘matilgan maskanlarda barpo etiladi; ikkinchi darajali zinapoyalar eni 2,5-10 m gacha bo‘lgan alleyalar (xiyobonlar) va yoMlarda o‘matiladi; so'qmoqli, ya’ni eni 2,5 m bo‘lgan yo‘llarda, ba’zan oddiy toshli zinapoyalar barpo qilib shakllantiriladi.
Park zinapoyalari qiyaligi 1:3, eng kichik eni 40 sm, balandigi K-12 yoki 15 sm dan iborat bo‘ladi. Zinapoyalar eni mahalliy sharoitga bog‘liq holda, loyiha muallifining fikr-mulohazasi asosida quriladi, ammo 75 sm dan kam bo‘lmasligi zarur (bir tash-rit' buyuruvchining bemalol aylanib yurishi va o‘tishi e’tiborga olinadi).
Bunday bog‘-park zinapoyalari tashrif buyuruvchilarga qulaylik va zavq bag‘ishlaydi.
85
7.2-rasm. Istirohat bogiarida zinapoyalar o'matish.
Zinapoyalar uchun qurilish materiallari tog‘ mahsulotlari: toshlardan va maxsus aralashmalar asosida qoliplarda qurilish, ishlab chiqarish sanoatlarida tayyorlaniladi. Shahar atrofidagi bog‘ va sayilgohlarda, ko‘pincha, g‘ishtli va yog‘ochli zinapoya-lar o‘matiladi. Yolg‘izoyoq so‘qmoq yo‘llarda esa tabiiy toshlardan yoki yo‘g‘on yog‘ochlaming ko‘ndalang kesim yuzalaridan tayyorlangan materiallardan foydalaniladi. Buning uchun 8-10sm zinapoyalar ostidagi qum-shag‘al yotqiziqlari obdon mustahkamlanadi.
Shuningdek, bog‘-park xo‘jaligida uning chetki yer may-donlari bilan chegaradosh qismini mustahkamlash uchun toshli va temir-betonli devorlar bilan mustahkamlanadi. Shunda toshli devorlar balandligi 4m gacha, temir-betonli devorlar esa 6m ga boradi.
Bog‘-parklarda tashrif buyumvchilaming ruxsatsiz, o‘yla-masdan bog‘dagi gulzorlar, maysazorlar va suv havzalariga o‘tib payhon qilmasliklari uchun ular atrofida maxsus himoya devorlari barpo etiladi. Ushbu o‘rama devorlar balandligi bo‘yicha quyidagicha tartibda ishlab chiqiladi:
86
baland devorlar - bular bog‘-parklar, hayvonot bog‘lari, botanika bogMari, o‘yingohlar atrofida, shuningdek, ko‘rgazmali maydonlar atrofida 3-7m balandlikkacha tashkil etiladi;
o‘rtacha himoya devorlari - bulvar, xiyobonlar, attrak-sion o‘yingohlari va tennis kortlari atrofida 1-1,5m gacha tashkillashtiriladi;
past bo‘yli himoya devorlari - bular, asosan, bog‘-park-lardagi gulzorlar, maysazorlar, rabatkalar va suv havzalari utrofida 0,5-0,8 m balandlikda barpo etiladi.
Dostları ilə paylaş: |