9.5-rasm. Gullovchi Mavritan gazonlari.
103
Urug‘lar aralashmasida chiroyli gullovchi o‘simliklar 20% dan oshmasligi kerak. lm2 maydonga, odatda, lOg tayyor urug‘lar aralashmasi sepiladi.
Mavritan gazonlarini parvarishlashda ulami kesishga asosiy e’tibor qaratiladi. Qoida bo‘yicha, bu gazon erta kesilmaydi, ya’ni bahorda gullovchi gullar urug‘ bermaguncha (odatda, yozning o‘rtalariga, iyulga to‘g‘ri keladi). Ikkinchi va oxirgi marta gazon sentabr-oktabrda kesiladi. Agar kuzda gullovchi gullar bo‘Isa, kesish keyinroqqa qoldiriladi. Kesganda 8-10 sm qoldirib kesiladi va qoldiqlar maydondan chiqarib tashlanadi.
Chiroyli gullovchi bir yilliklar yil so‘ngida qurib qoladi. Shuning uchun har yili qayta ekishga to‘g‘ri keladi. Bu jihatdan ko‘p yillik chiroyli gullovchi gazonlar yaxshi samara beradi.
Ko‘p yillik gazon fonida chiroyli gullovchi ko‘p yillik o‘simliklar guruhi (qishga chidamli tur va shakllar): proleska, boychechak, muskari, lola, nargis, akvilegiya, qo‘ng‘iroqgul, margaritka, moychechak va boshqalar ekiladi.
Mavritan gazonlari yozda gullovchi o‘tloqni namoyon etadi. Bu gazonni uyga kiriladigan eshik yonidagi maydonga, sun’iy suv inshootlari qirg‘og‘iga, daraxtlar tanasi atrofiga ekish tavsiya etiladi. Mavritan gazonlari peyzaj stilida barpo etilgan
104
park va bog‘lar uchun mos keladi. Gazon ichidagi gullarning bosilishi (tepkilanishi) rang oldini olish uchun ular ichiga yo‘lak oMkazish kerak. Yosh Mavritan gazonlarini mavsum davomida 3 marta (5-8 sm qoldirib) kesish talab etiladi. Bu gazon oddiylariga qaraganda baland qoldirib kesiladi, shuning uchun ham manzarali ko‘rinish hosil qilishda oddiy gazonga nisbatan Namaraliroqdir. Mavritan gazonlarini parvarishlash oddiy ga/.onniki kabi bo‘ladi. Har qanday gazonning maysazorida o‘z vaqtida o‘g‘itlash va yomg‘irlatish usulida sug‘orish ishlarini o'lkazib borish zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |