8.4-rasm. Gulzor markazidagi saltonina gulining tovlanishi.
Gulzorlar tashkil qilishda quyidagi qoidalardan foydalanish tavsiya qilinadi:
Gulzor klumbaning o‘rta, markaziy qismi eng yorqin, diqqatni jalb qiluvchi bo‘lishi kerak. U havza, haykal yonida yoki o‘zicha mustaqil obyekt bo'lishi mumkin.
Gulzordagi gul shakllari mayda bo‘lmasligi kerak, aks holda, xunuk ko‘rinishi mumkin. Oddiy chiziqli yirik shakl hosil qilinishi ma’qulroqdir.
Klumbalar shakli deyarli bir xil o‘lchamda, turli perpen-dikulyar yo‘nalishda, geometrik tugallangan kontur shaklida bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, gulzor - bu jimjimador gulli jo‘yak, barcha yo‘nalishlarda deyarli bir xil o‘lchamga egu. Klumbalar atrofidagi maysazor yoki yo‘lakchalardan yuqoriroq qilib hosil qilinadi va manzarali o‘simliklar ekiladi.
95
8.5-rasm. Turli xil gul turlaridan barpo etilgan klumba.
Klumbalar, odatda, maysazor fonida joylashtiriladi, ochiq maydonlarda esa ulaming chetlari ajriq bilan hoshiyalanadi. Gulzor kattaligi turlichadir: 0,75 m dan 7 m gacha, hatto, diametri 20 m li bo‘lishi mumkin, lekin, ko‘pincha, 4-6 m gacha (eni ko‘p tarqalgan) bo‘ladi. Klumbalar yuzasi doim do‘ng, 5-10° ga qiya qilinadi, ya’ni yuza radiusining har bir uzunasiga o‘lchangan metrida 5-15° va undan ko‘proq ko‘tariladi. Do‘ng gulzorlarda gullar yaxshi ko‘rinadi va suvning turib qolishi bo‘lmaydi.
Rabatkalar (jo‘yaklar) - gulzor qismi jo‘yak ko‘rinishidagi uzun yer maydoni, gulli ekinzor shakli. Unda gullovchi va manzarali-bargli o‘simliklar ekiladi. Rabatkalar yo‘lakchalar, maydonchalar yoki qurilmalar bo‘ylab joylashgan gulli jo‘yak-lardir.
96
8.6-rasm. Bog‘lardajo‘yakli gullami joylashtirish.
Rabatkalar ishlatilishi va bezatilayotgan maydonga ko‘ra turli uzunlik va kenglikka egadir. Eng kaltalari 2-4 m, uzunlari esa bir necha yuz metrgacha bo‘ladi. Rabatkalar kengligi 0,5 m dan (juda kam) 3-4 m gacha bo'ladi, ko‘proq tarqalganining kengligi 1-1,25 m. Rabatkalar yuzasi har doim tekis, suvning turib qolmasligi uchun faqat markazga nisbatan ozroq ko‘ta-rilgan bo‘ladi. Kengligi 3 m bo‘lgan lentasimon ekinlami, ko‘p yilliklaming 5-8 ta jo‘yakli yoki bir yilliklaming 8-12 ta jo‘yakli ekinlarini rabatkalarga mansub desa ham bo‘ladi. Rabatkaning chetlari maysazor bilan baravar yoki undan 4-10 sm baland bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |