foydalanib bog‘-parklarda loyihalar yaratish
Bugungi kunga kelib zamonaviy bog‘-parklarimizda bir yillik, ko‘p yillik gul ko‘chatlaridan ajoyib estetik ko‘rinishdagi gulzorlar, kompozitsiyalashgan rabatkalar, maysazorlar tashkil-lashtirilmoqda. Ba’zi gulzorlar bog‘ning umumiy yer maydonidan bir necha sm va ba’zan metrga ko‘tarib, ko‘zni quvnatadigan ko‘rinishda, to‘rtburchak, parallelogram va munta zam ko‘pburchak sifatida barpo etilmoqda.
8.1-rasm. Har xil gul turlaridan gilamli mozaika ko‘rinishidagi gulzorlar barpo etish kompozitsiyasi.
Barpo etilgan ushbu gulzor va maysazorlar atrofiga har xil rangdagi tog‘ toshlaridan hoshiyalar, himoya devorchalari barpo etiladi. Shuningdek, bog‘ning umumiy maydonidan kelib chiqib, har xil o‘lchamda suv havzalari - hovuzchalar, favvoralar va ко‘liar barpo etiladi.
92
Barpo etiladigan suv havzalari ichi va atrofiga tog‘ tosh-laridan chiroyli ko‘rinishdagi himoya devorchalari tiklanadi. Ilarpo etiladigan suv havzalari, ariqchalar, ko‘llar atrofiga scrsoya manzarali daraxt, buta ko‘chatlaridan ekib boriladi, bu esa, o‘z navbatida, suv sathining toza bo‘lishiga, yozning issiq kunlarida mikroiqlim barpo bo‘lishiga sharoit yaratadi.
8.2-rasm. Bog‘-parklarda suv havzalari kompozitsiyasining ko‘rinishi.
Gulzorlarni tashkil qilish loyihalash va ulami amaliyotda bajarishdan iboratdir. Gulzorlar loyihasini xiyobonlar, istirohat bog‘lari va qurilishi mo‘ljallangan boshqa joylardan ajratilgan holda amalga oshirish mumkin emas.
“Gulzor” deganda, turli obyektlami bezatish uchun moijal-langan va o‘zida maysazorlar, yo‘lakchalar, bir yillik va ko‘p yillik gullovchi hamda manzara beruvchi bargli o‘simliklar hamda kichik arxitektura shakllarini mujassam etgan maydon tushuniladi.
93
8.3-rasm.Turli xil gullar kompozitsiyasi.
Gulzorlar qisqa vaqtli dam olish va bezatish uchun ishla-tiladi, shuningdek, joyning konfiguratsiyasiga ko‘ra, turli shakllarda - to‘rtburchak, cho‘zinchoq, yumaloq, to‘g‘ri burchak bo‘lishi mumkin. Gulzorlar turli o‘lcham va shakldagi klumbalar, maysazoming yashil fonidagi rabatkalar va hoshiya-lardan tashkil topadi. Gulzorlar maydoni kichikroq maydonchadan (4-5 dan 20 m2 gacha) 1 gektargacha va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Barpo qilinadigan gulzorlar aniq tarkibiy qismlarga ega bo‘ladi: 1) turli shakldagi gul ekinlari; 2) yo‘lakchalar; 3) may sazor. Ulaming klassik mos tushishi, gul ekinlari maydoni, yo‘lakchalar va maysazorlaming 3:5:8 munosabati hisoblanadi. So‘nggi yillarda maysazorlar uchun ko‘proq, gullar uchun esa kamroq joy ajratilyapti.
Yuqorida aytilganidek, eng chiroyli gulzorlar, gul ekinlari, yo‘-laklar va maysazorlaming 3:5:8 yoki 5:8:13 nisbatida barpo qili nadi.
Misol. Gulzor uchun 400 m2 yer ajratilgan. «Oltin propor-siya» qoidasiga ko‘ra, (3:5:8) yig‘indida 16 ta bo‘lim hosil bo‘ladi: 400 m2:16=25m ni oltin proporsiya sonlariga ko‘pay-tirsak, quyidagilami olamiz: 25m -3=75m - bu maydon gul
94
ekinlariga (klumbalar, rabatkalar, hoshiyalar, guruhlar, alohida ckinlar) uchun ajratiladi; 25 m2-5=125 m - bu maydon yo'lakchalar uchun ishlatiladi. 25m2 -8 =200m2 maydon maysazor uchun ajratiladi. Bunday qoida asosida ish olib borish ajoyib ko‘rinishdagi kompozitsiya yaratishda asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |