118
YETTINCHI BO‘LIM
XI bob. Ko‘kalamzor hududlar barpo etishda foydalaniladigan manzarali daraxt va butalar assortimenti
Bugungi kunda mamlakatimiz shahar va qishloqlarida, aholi yashash hududlari,o‘quv maskanlari, istirohat bog‘lari, dam olish oromgohlari, avtomobil va temir yo‘l bekatlari atrofida /.amon talablariga javob beradigan nafis ko‘rinishdagi yashil hududlar va sayilgohlar barpo etilmoqda. Buning uchun inahalliy sharoitga, iqlim va tuproq tizimiga mos keladigan manzarali yaproq va nina bargli daraxt, buta turlaridan Ibydalanilmoqda. Bugun ko‘kalamzorlashtirish sohasida, aso-san, quyidagi turdagi manzarali daraxt va buta turlaridan keng Ibydalanilmoqda.
Kanada bagryannigi (Arg‘uvon) (Cyercis canagensis L) Ushbu manzarali, yaproq bargli daraxt bizning sharoiti-mizda tumanlashtirilgan bo‘lib, tabiiy holda Shimoliy Amerikada o‘sib rivojlangan. Bo‘yi vatanida 10-12 m gacha boradigan, diametri 85-90 sm, shox-shabbalari soyabonsimon
shaklda bo‘lgan o‘ta manzarali daraxt.
Barglari keng oval yoki yuraksimon, silliq tarzda tuzilgan. Oddiy bagryannikdan bo‘yining balandligi va sovuqqa chidam-liligi bilan farqlanadi. Ushbu daraxtning eng asosiy ko‘rkamligi shuki, u mart oyining ikkinchi yarmida barg chiqarmasdan oldin o‘zining ajoyib pushti rangdagi gulchalarini namoyon qiladi. Uning gullari novdalarida pastdan yuqoriga qarab xuddi sariq tolning gullariga o‘xshab tizilib turadi. Ushbu manzarali daraxtni ko‘kalamzorlashtirishda qatorga olib borilsa, ajoyib kompozitsiya kelib chiqadi.
119
11.1-rasm. Erta bahorda arg‘uvon daraxtining gullashi.
Ushbu manzarali, yaproq bargli daraxt gaz va tutunga chidamli bo‘lib, zararkunandalar bilan kam zararlanadi va shamollar oqimi-ga ham chidamli hisoblanadi.
Unchalik tuproq tanlamaydi, faqat o‘ta sho‘rxok yer maydon-lariga ekish tavsiya qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: |