Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bo‘nda ayrim narsalar, faktlar, xodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibdajoylashtiriladi.
Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o‘tkazilishi, makoniy tizimga namuna bula oladi. O‘tmishda bo‘lib utgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bula oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqka doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.
Maktab ta’limida o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu ish bir necha boskichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo‘yicha, so‘ng yahlit holda o‘quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga uxshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi boskichda bir necha predmetlar yuzasidan to‘plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning uxshash va farqdi tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to‘rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda to`tiladi.
Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pogonasi hisoblanadi.
Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, shu boisdan to xozirgi kunga shdar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo‘lib hisoblanadi.6
Tafakkurning mantiqiy shakllari
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida xukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Masalan, metallar elektr tokini utkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin xukmlardir. Chunki elektr tokini o‘tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir.
Moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa xukmda bog‘liq qilib kursatilsa, bunday xukm xato xukm deb ataladi.
Masalan, xozir tashqarida yomgir yogyapti; yer kuyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato xukmlar doirasiga kiradi.
Borliqdagi narsalar, xodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror xukmda aks ettirilgan aloka va munosabatlariga qarab, xukm kuyidagi turlarga bulinishi mumkin:
Xukmlar sifatiga ko`ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi xukm; xukmlarning miqdoriga qarab: yakka, jo‘z’iy, xususiy va umumiy xukmga; j xukmlarning munosabatiga ko`ra: shartli, ayruvchi, va qat’iy xukmlarga; m xukm taxminiy ko‘rinishga ega bo‘lishi ham mumkin. Xukmlarda tasdiklangan yoki inkor qilingan narsalar, xodisalar, alomatlar xukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bog‘liqligi borligi aks ettirilgan xukm tasdiqlovchi xukm deb ataladi. Masalan, O‘zbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qo‘rilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi xukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolgiz narsa va xodisa to‘g‘risidagi xukm yakka xukm deb ataladi. Masalan, Toshkent - O‘zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir.
Belgining biror turkumigagina taallukliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi xukm jo‘z’iy xukm deb ataladi. Masalan, ba’zi metallar elektr tokini utkazmaydilar. Qarzdor talabalar sessiyaga kuyilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalarni majburiyatga yarasha mehnat kilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va xodisalarning hammasi to‘g‘risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan xukm umumiy xukm deb ataladi. Xukmda narsa va xodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan xukm shartli xukm deb ataladi. Masalan, agar talaba sessiyalarga kunt bilan puxta tayyorlansa, u yaxshi va a’lo baholar oladi. Agar o‘quvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni o‘zlashtira olmaydi. Xukmda narsalar va xodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta unga tegishli bo‘lsa, bunday xukmga ayruvchi xukm deb ataladi. Masalan, jismlar yo kattik, yoki suyuk, yoki gazsimon holda bo‘ladi.
Narsa bilan belgi o‘rtasidagi aloqaning bor yoki yo‘qligi kat’iy shaklda aks ettirilsa kat’iy xukm deb ataladi. Masalan, bahorda barcha joylarda kukalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish kimyoviy jarayondir.
Narsa va xodisalar bilan ularning xususiyatlari o‘rtasida aloka bo‘lishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson o‘z fikrlarini kuyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin. Ehtimol, Marsda organiq xayot bordir. XXI asrning oxirlarida fan-texnika yanada rivojlanib, taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday xukmlar ehtimollik xukmlari deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar o‘rtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz o‘z fikrimizni mana bunday shaklda izxor qilamiz. Faqo‘ltet kutubxonasida ko‘p yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi kimyo xonasi juda yaxshi uskunalar bilan jixozlangan. Bunday xukmlar voqelik (assertorlik) xukmlari deb ataladi.
Xukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda bo‘lgan voqea qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab beriladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik g`alaba qozonishi muqarrar, sezgilarning intensivligi ko‘zg`atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Bunday xukmlar zaruriy (apodiktik) xukmlar deb ataladi. Bunday xukmlarda inson narsa, voqelik, xodisa bilan uning xususiyati o‘rtasida mustaxkam boglanish borligini va bu boglanishga zid keladigan boshqa bir xolning bo‘lishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada xukmlar ikkita asosiy yo`l bilan hosil qilinishi ta’kidlab o`tiladi. Birinchi yo`l bilan xukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo‘lgan narsalarning bevosita o‘zi ifodalanadi. Ikkinchi yo`l bilan esa bevosita muloxaza yuritish yordami bilan xukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda xukm chiqarishning birlamchi yo‘li aks ettirilgan. Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jixatdan muloxaza yuritish yordamida xukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan xukmning to‘g‘riligi amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo`l bilan xukm chiqarishga misoldir.
Xulosa chiqarish
Bir qancha xukmlarning mantiqiy boglanishi natijasida hosil bo‘lgan yangi xukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega.
Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortik xukmlardan yangi xukm hosil qilamiz.
Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita xukmni olaylik. Bu ikki xukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi xukm chikariladi. Bo‘nda birinchi xukm hamisha umumiy xukm bo‘lib, ikkinchi xukm yakka xukm bo‘ladi.
Keltirilgan misollardan kurinib turibdiki, muloxaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lgan oldingi ikki xukmga asoslanib, uchinchi xukm chikariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko‘rishga xech qanday ehtiyoj xolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr o‘rtasidagi shunday boglanish natijasida bir yoki undan ortik xukmlardan uchinchi xukm keltirib chikariladi.
Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Masalan, temir elektr tokini utkazadi, pulat elektr tokini utkazadi, mis elektr tokini utkazadi, rux elektr tokini utkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini utkazadi, degan umumiy xulosa chikaramiz.
Misol uchun barcha metallar elektr tokini utkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini utkazadi.
Analogik usulda chikarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolgon bo‘lishi mumkin. Fikr yuritishning bo‘nday shakli ko‘pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, jo‘z’iy ikki yakka xukmlarga asoslanib, jo‘z’iy yoki yakka xukm keltirib chikaramiz. Masalan, bogcha yoshidagi bola mana bo‘nday muloxaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chakirib keldilar. Ular sovg‘a olib kelgan bo‘lsalar kerak. Bu bolaning muloxazasini tahlil qilib kursak, uning fikr yuritishi mana bo‘nday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bulamiz. Utgan galda adam ismini aytib chakirib kelgan edilar, yana chakirayotirlar. Albatta, adam menga sovg‘a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi.
Shunday qilib, analogik yo`l bilan xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabxalarida undan foydalanib turiladi.
Amerika psixologlarining ta’kidlashlaricha odamlarning ongli ravishda xulosa chikrradigan vaqtida xulosa miyaning harakatlanish uchun tayyorgarlik ko‘rish vaqtidan keyinrok sodir bo‘ladi, ya’ni miya xulosa chiqarish vatstidan oldin unga tayyorlanar ekan. Ba’zi tadkskrtchilar odamning xulosa chiqarish jarayonining spektitsizmga (har narsaga shubxa bilan qarashga) yuyishadi. Ko‘pincha karor qabul qilish boskschma-bosksch amalga oshadi, degan fikr ilgari so‘raladi. Xulosa chiqarishning yana bir faraz funksiyasi ongning keyin sodir bo‘ladigan ish -harakatga ayni bir vaziyatda paydo bo‘lganda ishga tushishi haqida fikrlar berilgan. 7
Dostları ilə paylaş: |