Mustaqil fikrlashning ahamiyati va namoyon bo‘lishi. Reja: Tafakkur haqida tushuncha



Yüklə 95,45 Kb.
səhifə8/14
tarix31.12.2021
ölçüsü95,45 Kb.
#50093
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Mustaqil fikrlashning ahamiyati va namoyon bo‘lishi. Reja Tafak

Tafakkur shakllari. Tafakkur qilish shakllari yoki formasiga tushunchalar, xukmlar va xulosa chiqarish kiradi.

Tushunchalar - tafakkurning shunday shakliki, unda narsa va hodisalarga xos bo‘lgan eng umumiy va harakterli xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi. Ular umumiy va juz’iy, konkret yoki mavxum bo‘lishi mumkin. Masalan, «ong» tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning eng muhim va boshqa tushunchalardan farq qiladigan jihatlarini ajratishimiz kerak: faqat insonga xoslik, oliy darajadagi aks ettirish, olamni bilish mexanizmi ekanligi va hakozo.

Xukmlar - atrofimizdagi narsalar va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. Masalan, «Inson ongli mavjudot» degan hukm - fikr «odam, inson», «ong» va «mavjudot» tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalab turibdi. Ana shunday hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda ko‘p ishlatiladi va ular tabiatan turli bog‘liqliklarni yo tasdiqlaydi, yoki inkor qiladi, rost yoki yolg‘on bo‘ladi. Shaxsning insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik mantiqqa, hayotiy haqiqatlarga to‘g‘ri kelishi, argumental ekanligi bilan baholanadi. Doimo to‘g‘ri, mantiqan fikr yuritgan odamni biz «bama’ni, gapida jon bor, haqiqatguy» deb ta’riflaymiz.






Xulosalar - mantiqiy tafakkurning yana bir shakli bo‘lib, ular fikrlar, xukmlar va tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishdan yangi bir fikrlarni keltirib chiqarishni nazarda tutadi. Masalan: 1- xukm: O‘zbekiston - mustaqil davlat.

  1. xukm: Qirgiziston - mustaqil davlat.

  1. xukm: Qozogiston - mustaqil davlat.

  2. xukm: Turkmaniston - mustaqil davlat.

  3. xukm : Tojikiston - mustqil davlat.

Demak, Barcha Markaziy Osiyo davlatlari - mustaqildir.

Shunga o‘xshash biz ba’zan ayrim fikrlardan umumiy bir fikr keltirib chiqaramiz (bu - induktiv xulosa chiqarish), ba’zan esa aksincha, umumiydan juz’iy - alohida fikr chiqaramiz (fikrlashning bunday harakati deduksiya deb ataladi).




Yüklə 95,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin