Mustaqil fikrlashning ahamiyati va namoyon bo‘lishi. Reja: Tafakkur haqida tushuncha



Yüklə 95,45 Kb.
səhifə6/14
tarix31.12.2021
ölçüsü95,45 Kb.
#50093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mustaqil fikrlashning ahamiyati va namoyon bo‘lishi. Reja Tafak

Tushunchalar Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi.

Tushuncha deganda biz narsa va xodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz.



Tushunchalar xukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir kancha xukm yurtishga to‘g‘ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo‘lsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani kayd kilinyapti.

Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jixatdan olganda maktabdagi o‘qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat xodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda xali tushunchalar juda oz bo‘ladi.

Odatda tushunchalar moxiyati jixatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi.



Alohida olingan bir butun narsaga alokador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag`och, traktor va xokazo. Moddiy borlikdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat, sifat, xolatlarga, shuningd narsalar o‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, oklik, o‘zunlik, balandlik, kenglik, harakat, yoruglik, kiymati haqidagi tushunchalar va xokazo.

Tushunchalar qo‘lami jixatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to‘planma tushunchalarga bo‘linadi.



Yakka tushunchalar yakka narsa va xodisalar haqidagi tushunchadir. Bo‘nday tushunchalarga soxibkiron Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo‘lgan ko‘p narsa va xodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yuldo‘z, talaba va boshqalar.

To‘planma tushunchalar bir jinsda bo‘lgan narsa va xodisalar to‘plami haqida yahlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yigilish va xokazolar. To‘planma tushunchalarning bir kanchasi birdaniga tatbik qilinganda umumiy to‘planma tushunchalar bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Mo‘zeyi tushunchasi, yakka to‘planma tushunchaga oiddir. Guruh, jamoa, xalk, millat va boshqalar, umumiy to‘planma tushunchasiga misol bula oladi. Yetti ogayni yuldo‘zlar to‘plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka to‘planma tushunchalar jumlasiga kiradi.

Fikr yuritishda tushuncha bilan so‘z o‘zaro bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Bir tomondan so‘z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so‘z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortik so‘zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalk degan tushuncha bir so‘zdan, o‘zbek xalki ikki so‘zdan kaxramon o‘zbek xalki uch so‘zdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalklar, degan tushuncha to‘rt so‘zdan tashkil topgan.

Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya’ni klassifikatsiyalash, umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. So‘zlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, so‘z ikkinchi signal tizimining, barcha signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu signallarning hammasini umumlashtiradi.

Shunday qilib, tushunchalar moxiyati xukmlarda yoritiladi, mavjud xukmlar asosida xulosa chikariladi. Yangi xukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste’moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan so‘zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo‘lib xizmat kilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so‘zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So‘z bilan tushunchalarning chambarchas boglanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham operatsional va funksional xususiyatlarni yo`qotmaydi.


Yüklə 95,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin