Mustaqil ish angren universiteti



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#135710
  1   2   3
Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari



Guruh: ___________________
Bajardi : 
_________________ 
Tekshirdi:___________________
MUSTAQIL ISH
 
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: 
O’zbek tilining sohada qo’’lanilishi



Reja:
1.Adabiy nutq 
va uning 
xususiyatlari.
2.Badiiy nutq 
uslubi,uning 
xususiyati.
3.Ilmiy 
uslubning 
boshqa 
uslublar bilan 
bog’liqligi



Adabiy nutq va uning uslublari 

Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo`lgan nutq 
ko`rinishidir. 

Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga xos xususiyatlari 
bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud. 

Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi 
nutq uslubi hisoblanadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llani ladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, 
bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh 
bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan 
shoirona kuylaydi. 

Uslub – so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy 
munosabatidir. 

Uslub – so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir. 

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning 
turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni 
tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari 
o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy 
uslub. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday 
xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubidir. 

Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so`zlashuv 
uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi. 

So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro 
so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, 
qochirmalarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir. 
 



Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos 

bo`lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. 
Obrazlilik

va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. 

Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, 
umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki 
tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan 
boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif 
asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va 
grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli 
ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi 
mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar 
mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va 
iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, 
manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat 
qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok 
etish ko‘lami, ijod usuli, poetikmahorati badiiy nutqning janr 
xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra 
badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta 
qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va 
adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi. Obrazlilik va estetik 
ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. 



Publitsistika –lotincha so`z bo`lib, «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi. 

Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, 
televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni 
singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 

Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda 
qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. 

Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, 
deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy 
sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir. 

Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin