Guruh: ___________________
Bajardi :
_________________
Tekshirdi:___________________
MUSTAQIL ISH
ANGREN UNIVERSITETI
Fan:
O’zbek tilining sohada qo’’lanilishi
.
Reja:
1.Adabiy nutq
va uning
xususiyatlari.
2.Badiiy nutq
uslubi,uning
xususiyati.
3.Ilmiy
uslubning
boshqa
uslublar bilan
bog’liqligi
Adabiy nutq va uning uslublari
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo`lgan nutq
ko`rinishidir.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga xos xususiyatlari
bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi
nutq uslubi hisoblanadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llani ladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar,
bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh
bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan
shoirona kuylaydi.
Uslub – so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy
munosabatidir.
Uslub – so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning
turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni
tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari
o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy
uslub. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday
xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubidir.
Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so`zlashuv
uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi.
So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro
so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching,
qochirmalarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir.
Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos
bo`lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir.
Obrazlilik
va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.
Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi,
umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki
tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan
boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif
asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va
grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli
ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi
mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar
mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va
iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter,
manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat
qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok
etish ko‘lami, ijod usuli, poetikmahorati badiiy nutqning janr
xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra
badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta
qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va
adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi. Obrazlilik va estetik
ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.
Publitsistika –lotincha so`z bo`lib, «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi.
Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio,
televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni
singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda
qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi.
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar,
deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy
sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.
Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir.
Dostları ilə paylaş: |