RESPUBLIKAMIZDA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHDAGI
MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI
Insoniyat yigirma birinchi asrda juda ko‘p muammolar bilan yuzma-yuz
boʻlmoqda, ana shunday global muammolardan biri – suv muammosidir. Ona
sayyoramiz aholisi soni yildan-yilga oshib borar ekan, oziq-ovqat xavfsizligini
taʼminlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qurg‘oqchilik va yerlarning
choʻllanishining oldini olish singari og‘riqli muammolar jahon hamjamiyatini
jiddiy tashvishga solmoqda. Har qadamda yangilanishlar, iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishlar
bo‘layotgan
bizning
hozirgi
zamonimizda
raqamli
texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa suv xo‘jaligi tizimida ulkan
o‘zgarishlar yuz bermoqda. So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali
foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi
obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar
amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va
iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib
borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda, va
shu bilan bir qatorda aytib o‘tish joizki, joriy yilda respublikamizda foydalanilgan
o‘rtacha yillik suv miqdori 51-53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va
soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib,
ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan. Bu kabi muommolarni
bartaraf etish uchun Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi suv
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga mo‘ljallangan
konsepsiyasi
larni
ishlab chiqilgan[1]. Ushbu
konsepsiyada.
Bulardan O‘zbekiston Respublikasi Suv
xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini
bosqichma-bosqich kamaytirish hamda suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti
tamoyillarini, autsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish
hisobidan tejaladigan mablag‘lar suv inshootlarini modernizatsiya qilish, suv
xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va
xodimlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltirish ko‘zda
tutilgan.
Respublika hududi o‘ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega bo‘lib, tabiiy
drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi darajasining yuqoriligi
natijasida bir qator hududlar “birlamchi sho‘rlangan”. Shu bilan birga, suv
resurslaridan oqilona foydalanmaslik va boshqa antropogen omillarning salbiy
ta’siri natijasida ayrim hududlarda yerlarning “ikkilamchi sho‘rlanishi” kuzatilib,
45,7 foiz sug‘oriladigan yer maydoni turli darajada sho‘rlangan. Global iqlim
o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyoda so‘nggi 50-60 yil davomida muzliklar
maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, harorat 2
0
S ga
ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 4
0
S ga isiganda esa 78 foizga kamayadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga,
Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. O‘zbekistonda 2015-
yilgacha bo‘lgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 mlrd kub metrdan ortiqni
tashkil qilgan bo‘lsa, 2030-yilga borib 7 mlrd kub metrni, 2050 yilga borib esa 15
mlrd kub metrni tashkil qilishi mumkin. Shu kabi muommolarni xal qilish uchun
biz albatta suvdan oqilona foydalanishimiz zarur va bu hayotimiz uchun muhim.
Shuning uchun zamonaviy texnalogiyalarni mamlakatimizda keng joriy qilish va
chet el texnologiyalarini o‘zimizda qo‘llashimiz kerak, bunga misol qilib
Germaniyaning “Zim Plant Technolgy” kompaniyasi ishlab chiqqan texnologiyani
ko‘rishimiz
mumkin
[2].
Ushbu
texnalogiyadagi datchiklar yordamida qishloq xo‘jaligida suvni tejashimiz mumkin
.
Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan suvning ko‘p qismi ishlatilmay yerga
tushadi, yoki bug‘lanadi. Shuning uchun Germaniyaning “ZIM Plant Technology”
kompaniyasi barglarga yopishtirilgan va o‘simliklarga qancha suv kerakligini
aniqlaydigan sensorlarni ishlab chiqdi. Odamlardagi qon bosimi o‘lchagichiga
o‘xshab, sensorlar barglarning ichki hujayra bosimini o‘lchaydi va ma’lumotlarni
serverga uzatadi. Hujayralardagi bosim qanchalik yuqori bo‘lishiga qarab,
o‘simliklar kerakli miqdorda suv bilan ta’minlanadi. Har bir o‘simlik o‘ziga xos
sensorga muhtoj emas. 20 gektar maydon uchun fermerlarga atigi oltita datchik
kerak. Shunday qilib, ularni optimal sug‘orish mumkin. Shu kabi tejomkor
texnalogiyalardan hamkorlikda bizning xam zaminimizda qo‘llasak albatta o‘z
natijasini beradi. Bunday texnalogiyalar juda ko‘p misol qilishimiz mumkin, va
tadbiq qilishimiz natijasida Zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalardan
foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishida qishloq xo‘jalik ekinlarini
sug‘orishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 175 ming
gektardan 2025-yilgacha 1 million gektarga, 2030-yilga kelib 2 million
gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 77,4 mingdan
2025-yilgacha 300 ming gektargacha va 2030-yilga kelib 600 ming gektargacha
yetkazilishini amalga oshirishimiz mumkin. “Smart Water” (“Aqlli suv”) axborot-
kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida suv o‘lchash tizimi joriy etilgan
suv xo‘jaligi obyektlari soni 61 tadan 2020-yilda 151 tagacha, 2024-yilda 18576
tagacha (100 foiz) ko‘paytirish ko‘zda tutilgan [3].
Respublikamizda suv resurslari cheklangan bo'lishiga qaramasdan, uni
tejashga kam e'tibor berilayapti, natijada suvning ko'p qismi bekorga sarf
bo'lmoqda. Deyarli barcha iste'molchilar doimiy ravishda me'yordan ko'p suv
olishga harakat qiladilar. Bu esa ekin maydonlarida er osti suvlari sathining
ko'tarilishiga, erlarning qayta sho'rlanishiga olib kelmoqda. O'z navbatida sho'rni
yuvish uchun yana katta miqdorda suv sarflanib, natijada sug'oriladigan erlarda
hosil bo'ladigan qaytarma suvlar miqdori ham ortmoqda. SHundan ko'rinib
turibdiki, sug'orishda suvni tejashning katta imkoniyatlari mavjud. Bunga, avvalo,
kanallar o'zanini betonlash, nov (lotok)lardan foydalanish yo'li bilan sug'orish
tarmoqlarining foydali ish koeffitsientini oshirish, hamda sug'orishning ilg'or
usullarini qo'llash bilangina erishish mumkin. erishish mumkin.
Suv resurslarini kamayishdan saqlashning asosiy rezervlaridan yana biri
sug'orishda qaytarma suvlardan unumli foydalanishdir. Respublikada bu suvlar
asosan ekin maydonlaridan, sanoat korxonalaridan va maishiy- kommunal
tarmoqlardan qaytgan suvlardan tashkil topgan bo'ladi. 1956-1980 yillar
mobaynida tabiiy botiqlarga oqizilgan qaytarma suvlar hajmi 77,1 km3 ni tashkil
etgan.
Keyingi yillarda daryolar, ko'llar, suv omborlarining suvi unga sanoat va
shaharlar oqava suvlarining, ekin maydonlarida hosil bo'ladigan qaytarma
suvlarning qo'shilishi natijasida keskin yomonlashib ketdi. Bu jarayon ayni paytda
quyidagi sabablarga bog'liq holda yanada jadallashmoqda va xavfli tus olmoqda.
1. SHahar xo'jaligining va sanoatning, ayniqsa, uning ximiya va metallurgiya
tarmoqlarining suvga bo'lgan talabi ortmoqda, va tabiiy suvlar ifloslanishining
manbai bo'lgan oqava suvlar ham ko'paymoqda.
2. Oqava suvlarni daryo va ko'llarga oqizish tabiiy suv manbalaridan
foydalanishning bir turi deb qaraldi. Ayniqsa, daryolar ifloslangan oqava suvlarni
yo'q qilishda o'ziga xos tabiiy inshoot deb qabul qilindi. Ko'pchilik hollarda suvni
sun'iy tozalash inshootlarini qurish tugallanmay turib, sanoat ob'ektlari ishga
tushirib yuborilmoqda.
3. Oqava suvlarni sun'iy tozalashning hozirgi kundagi imkoniyatlariga
ortiqcha baho berilayapti.
4. Ayrim mutaxassislar, olimlar tomonidan "tabiiy suvlar ifloslanishining yo'l
qo'yilishi mumkin bo'lgan me'yori" degan noto'g'ri nuqtai-nazar ishlatilmoqda.
Hozirgi kunda "bu yo'nalish suvning iflosla-nishini chegaralaydi", deb qarash
o'zini oqlamaganligi hammaga ma'lum bo'lib qoldi.
5. Tabiiy suv manbalariga ekin maydonlaridan chiqqan suvlarning
oqizilishidir.
6.Suv tejamkor usullardan foydalanmasdan sug'orishni tashkil etish.
Suv resurslaridan foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish. Suv
resurslaridan foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish uchun ko'pchilik
olimlarning fikricha, quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutish lozim:
1. SHaharlarning oqava suvlaridan dehqonchilik, asosan, em-xashak
etishtiriladigan dalalarini sug'orishda foydalanish mumkin, albatta, gigiena nuqtai-
nazaridan, bunday dalalarda to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilinadigan ekinlar
ekilmaydi. Eng muhimi bu suvlar tuproq tarkibiga ziyon etkazmaydi. Bunday
tajribalar Rossiyada va boshqa chet el mamlakatlarida o'tkazilgan hamda ijobiy
natijalar olingan;
2. Sanoat korxonalarini aylanma suv ta'minotiga o'tkazish zarur. Bunda
korxona suvni o'ziga kerakli darajada tozalaydi va undan qayta foydalanadi. SHu
maqsadda korxona talab darajasidagi suvni bir yo'la oladi, mahsulot ishlab
chiqarishda butunlay sarf bo'lgan qismi (umumiy suv miqdoriga nisbatan 10-15
foiz) esa suv manbaidan doimiy ravishda to'ldirib boriladi. Bu tizimning qulay
tomoni shuki, birinchidan, oqava suvlarning daryolarga oqizilishiga chek qo'yiladi,
ikkinchidan, korxona o'zi ifloslantirgan suvni tozalashga majbur bo'ladi. Bunda
korxonaning o'zi ortiqcha ifloslanishni oldini olishga harakat qiladi, natijada suvni
tejash uchun rag'batlantiruvchi iqtisodiy omil vujudga keladi;
3. Ayrim ximiyaviy korxonalarning ifloslangan suvlarini, agar ularni tozalab
qayta ishlatish imkoni bo'lmasa, alohida havzalarga yig'ib, tabiiy yoki sun'iy holda
bug'latib yuborish kerak;
4. SHaharlarda suv ta'minoti tarmoqlarini ikki yo'nalishda, birinchisini
ichimlik, maishiy va oziq-ovqat sanoati uchun, ikkinchisini esa sanoatning boshqa
tarmoqlari uchun tashkil etish zarur. Bu tartib toza suvni tejash imkonini beradi;
5. SHaharlardagi yirik sanoat korxonalarida (asosan ximiya, metallurgiya)
iloji boricha suvdan foydalanish me'yorini kamaytirish uchun kurashish kerak. Bu
toza suvning miqdorini va shu bilan birga sifatini saqlash choralaridan biridir;
6. Daryolarda kam suvli davrda ularning suvini bir muncha ko'paytirishga
erishish lozim. Buning uchun mavjud suv omborlaridan tadbirkorlik bilan
foydalanish va agromelioratsiya usullarini qo'llash talab etiladi;
7. Ekin maydonlarini sug'orish natijasida hosil bo'lgan qaytarma suvlardan
unumli foydalanish lozim. Ularning tabiiy botiqlarga oqizilishiga va behuda
sarflanishiga iloji boricha yo'l qo'ymaslik kerak.
8.Qashqadaryo viloyatida qurilgan SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi tomonidan
ishlab chiqarilgan plastmassa quvurlarni sug'orish maqsadlariga foydalanishni
yo'lga qo'yish orqali suvni isrof bo'lish oldini olish mumkin.
9.Respublikamizda tomchilatib sug'orishni tashkil etish.
O'lkamiz sharoitida foydalaniladigan suv resurslarining asosiy qismi (90
foizdan ortig'i) irrigatsiya maqsadlarida ishlatiladi. Uning qolgan qismidan esa
sanoatda hamda maishiy va kommunal maqsadlarda foydala-niladi. Ma'lumki,
yuqoridagi har uch yo'nalish ham yildan-yilga ko'proq suv talab qilmoqda va shu
sababli o'lkamizda suv muammosi tobora tig'iz bo'lib qolmoqda. Ana shunday
sharoitda suvdan tejab-tergab foydalanish, uning samarasiz yo'qotilishiga yo'l
qo'ymaslik, qaytarma va oqava suvlardan unumli foydalanish, eng muhimi suv
manbalarini ifloslanishdan va ortiqcha minerallashuvdan saqlash asosiy vazifa
bo'lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: |