Mustaqil ish mavzu: Xristianlikni paydo bo’lishi,aqidalari,asosiy yo’nalishi,ta’limotlari va manbalari


Protestantlik (Protestantizm)ning yuzaga kelishi va sektalari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə5/7
tarix20.11.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#162171
1   2   3   4   5   6   7
MUSTAQIL ISH .Aziza Dinshunoslik

2.3 Protestantlik (Protestantizm)ning yuzaga kelishi va sektalari.
Protestantlik (Protestantizm)ning yuzaga kelishi va sektalari
Protestantlik (Protestantizm) (lot. norozi boʼlish, kelishmaslik) – XVI asrda katoliklik yoʼnalishidan ajralib chiqqan xristianlikdagi uch asosiy yoʼnalishlardan biri hisoblanadi. U XVI asrda Yevropada katoliklarga qarshi qaratilgan Reformatsiya harakati bilan bogʼliq koʼplab mustaqil cherkovlar va sektalarni oʼz ichiga oladi.
Protestantlik АQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Kanada, Shveytsariya, Skandinaviya mamlakatlari, Latviya,
Estoniyada keng tarqalgan. Bugungi kunda protestantlar soni taxminan 647 millionni tashkil etadi.
Katolik cherkovi tomonidan XV-XVI asrlarda indulьgentsiya savdolarining avj oldirilishi oqibatida cherkovning xalq orasida obroʼsi tushib bordi. Shunday bir vaziyatda, 1517 yil 31 oktyabrda Vittenberglik ruhoniy Martin Lyuter shahar sobori darvozasiga indulьgentsiyalar savdosini tanqid qilgan 95 moddadan iborat tezislarini osib qoʼyadi. Lyuter xristianlik aqidalari hammaga toʼliq tushunarli boʼlishi uchun Bibliyaning zamonaviy tillarga tarjima qilinishi, cherkovdagi diniy xizmatlar ona tilida olib borilishi tarafdori edi. Baʼzi knyazlar va shahar vakillari lyuteranlikning tarqalishini cheklashga qaratilgan ayrim harakatlarga qarshi ekanliklarini bildirib “Protestatsiya”ga imzo chekdilar. Protestantlik degan nom mana shundan kelib chiqqan.
Protestantlik xudoning mavjudligi, uning uch qiyofada namoyon boʼlishi, ruhning abadiyligi, jannat va doʼzax, vahiy va ilohiy taqdir toʼgʼrisidagi umumxristian aqidalarini tan oladi.
Shu bilan birga, protestantlik:
- cherkov va ruhoniylarning eʼtiqod qiluvchilar bilan xudo orasidagi vositachi ekanini inkor etadi;
- cherkov ierarxiyasi, ruhoniylar va oddiy kishilar orasidagi tabaqalanishni rad qiladi;
- monaxlik, avliyolar, xoch va ikonalarga sigʼinishni notoʼgʼri deb hisoblaydi;
- koʼp mablagʼ talab qiladigan tadbirlarni asossiz deb biladi;
- selibat (ruhoniylarning uylanmasligi)ni inkor etadi.
Protestant yoʼnalishlari bir-biridan u yoki bu jihatlariga koʼra farqlansada M.Lyuter tomonidan katolik cherkovi taʼlimotiga qarshi keskin tarzda bayon etilgan:
- oʼz eʼtiqodi bilan najot topish;
- eʼtiqod qiluvchilarning barchasi ruhoniy boʼlishi, yaʼni har bir choʼqintirilgan inson cherkov yordamisiz oʼzi xudo bilan muloqotda boʼlishi, toat-ibodat qilishi, vaʼz oʼqishi mumkinligi;
- “Bibliya”ning oliy nufuzi, uni oʼqish, oʼrganish va tafsir qilish eʼtiqod qiluvchining birinchi majburiyati ekani haqidagi 3
tamoyil ularning barchasi tomonidan birday tan olinadi va ular protestantlikning asosiy qoidalari hisoblanadi. Protestantlikning ilk shakllari: lyuteranlik, svinglichilik, kalьvinizm, unitarizm va sotsinchilik, anabaptizm, mennonitlik va anglikanlik edi. Hozirgi vaqtda protestantlik dunyoning barcha qitʼalarida keng tarqalgan. Uning jahon markazi АQShda, bu yerda baptist, adventist, Iegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari joylashgan.5
Lyuteranlik – ilk protestantlik yoʼnalishi. Yuqorida qayd etilganidek rohib Martin Lyuter (1483-1546) tomonidan asos solingan.
“Bibliya” bilan bir qatorda M.Lyuter qarashlarini oʼzida mujassam etgan “Kelishuv kitobi” ham lyuteranlik diniy taʼlimotining manbai sanaladi.
Lyuteranlikda protestantlikning boshqa yoʼnalishlari kabi ibodat marosimlari soddalashtirilgani bilan ham ajralib turadi. Shu bilan birga, xristianlikning yetti sirli marosimlaridan choʼqintirish hamda “non va vino totish” tan olingan holda qolganlariga oddiy marosimlar sifatida qaraladi.
Germaniyadan keyin lyuteranlik Yevropaning Аvstriya, Vengriya, Frantsiya kabi bir qator davlatlari hamda Shimoliy Аmerikada tarqaldi.
Bosh sinod – lyuteranlikning oliy huquqiy organi yepiskop tomonidan nazorat qilinadigan Konsistoriya (cherkov ishlari boʼyicha tashkilot) asosiy ijroiya hokimiyati hisoblanadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin